All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«NAVOIY YODI ILA YASHAYMIZ MUDOM»

   Butun turk dunyosi Alisher Navoiyni “shams ul-millat” — millat quyoshi deb hamma davrlarda e’zoz bilan tilga oladi. Butun umrini turkiy til mavqeyini ko‘tarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz bu e’tirofga to‘la-to‘kis munosib va haqlidir. Navoiy viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi va Fizika-texnologiya fakulteti hamkorligida so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi munosabati bilan “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom” mavzusida badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda  talabalar,  Alisher Navoiy  qalamiga mansub turli  g‘azal va ruboyilarni zo‘r qiziqish bilan ijro etishdi.