All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Alisher Navoiy buyuk davlat arbobi va ma’naviyat gultoji

  Alisher Navoiy oʻzbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulugʻ siymolardan biridir. Zamondoshlari uni “Nizomiddin Mir Alisher” deb ulugʻlaganlar. “Nizomiddin” – din nizomi deganidir. Koʻpincha, mansab egalariga nisbatan aytilgan “mir” – amir demakdir. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai bo‘lib hisoblanib kelgan. Alisher Navoiy oʻzining oʻlmas asarlari orqali oʻzbek tilining goʻzalligini, boyligini va qudratini olamga namoyish eta oldi.

Institutning Matematika-informatika fakulteti talabalari bilan shahrimizdagi “Farhod” madaniyat saroyiga qarashli DM Navoiy hududiy kutubxonasida boʻlib, xizmat koʻrsatish boʻlim yetakchisi xodimlari bilan hamkorlikda Alisher Navoiy bobomizning 582-yilligi munosabati bilan “Buyuk adibga ixtirom” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.