All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

XAYRIYA TADBIRLARI

   Navoiy shahridagi ixtisoslashtirilgan maxsus maktabda “Fizika-texnologiya” professor-o‘qituvchi va tyutorlari hamda talabalari, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar maktabida xayriya tadbirini o‘tkazishdi. Konsertlashtirilgan dasturlarda, fakultet talabalari hamda maktab o‘quvchilari tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Tashkilotchilar tomonidan bolajonlarga osh va sumalak  tortiq etildi. “Mana shunday qalblarga taskin beradigan iliq so‘zlar, ko‘ngillarni yoritadigan iltifotlar va bolalarga […]

Uch avlod uchrashuvi

  Navoiy davlat pedagogika instituti faollar yigʻingohida Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti tashabbusi bilan “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi. Uchrashuvda 30 yildan koʻproq vaqt davomida Navoiy davlat pedagogika institutida samarali mehnat qilgan, institutga tamal toshini qoʻygan insonlardan biri, yoshlarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatib, jamiyatda munosib oʻrin egallashda oʻzlarining beminnat mehnatlarini ayamagan, qolaversa, institutni yuksaltirishda oʻz hissalarini qo’shgan […]

QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI (Navoiy davlat pedagogika instituti misolida)  Dunyo miqyosida elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojimiz kun sayin oshib borayotganligi hammamizga ayon. Agar oxirgi besh yillikni oladigan boʻlsak, dunyo boʻyicha har yili elektr energiyaga boʻlgan ehtiyoj 50% ga oshib bormoqda. Bu esa muqobil energiya turlarini koʻpaytirish va rivojlantirishni taqozo etmoqda. Xalqaro energetika agentligi maʼlumotlariga eʼtibor qaratsak, […]

Institut talabalari bilan motivatsion suhbat tashkil etildi

   Joriy yilning 22-feral kuni institutning Tarix fakultetida OʻzNNTMA “Trenerlar shtabi” aʼzosi, “Tashabbuskor yoshlar markazi” jamoat birlashmasi rahbari I. Toshpoʻlatov tomonidan institut talabalari bilan motivatsion suhbat tashkil etildi. Tadbirda OʻzNNTMA xodimlari, institut oʻqituvchi va talabalari, tyutorlar ishtirok etdilar. Tadbirdan maqsad – ishtirokchilarga nodavlat notijorat tashkilotlari haqida tushuncha berish, ham talaba, ham NNT rahbari boʻlgan I. Toshpoʻlatov […]

“BU GULSHAN SOZ EKAN…”

  El suygan taniqli hofizimiz Maʼmurjon Uzoqov ijrosidagi “Bu gulshan soz ekan…” ashulasi koʻpchiligimizning sevimli taronamizga aylangan. Xalqimizning betakror madaniy merosi – maqom sanʼatini ham benazir gulshanga o‘xshatish mumkin. Maqom yirik turkum va asar janri sifatida mumtoz musiqa toifasiga kiradi. Musiqa ijodiyotining boshqa turlaridan u oʻzining badiiy mukammalligi, kuy va shakl tuzilishlari, lad va usul […]

Institut talabalari tomonidan tadbir tashkil etildi

Talaba-yoshlar ongida vatanparvarlik, yurtga sadoqat hamda harbiylarimizga boʻlgan hurmat va ehtirom tuygʻularini shakllantirish maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan tadbir tashkil etildi. Talabalar askarlar hayoti, faoliyati toʻgʻrisida badiiy chiqishlar namoyish etishdi. Tadbir avvalida Sanʼatshunoslik fakultetining “Xor” jamoasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi jonli ijroda kuylandi.   Tadbir davomida fakultetining “Navobaxsh” maqomchilar ansambli, “Zarb” doirachilar ansambli, […]

Ombudsman va talaba yoshlar uchrashuvi

 Mazkur tadbirda Ombudsmanning mintaqaviy vakili Prezidentning 7-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”da keltirilgan muhim masalalar boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi. Shuningdek, Ombudsman institutining tarixi, mamlakatimizda tashkil topib shakllanishi, faoliyatining huquqiy asoslari, prinsiplari, murojaatlar bilan ishlash tartibi, ularni koʻrib chiqishda vakilning vakolatlari toʻgʻrisida soʻz bordi. Tadbirda Yoshlar ishlari Agentligi vakili D.Egamov, Navoiy davlat pedagogika instituti birinchi prorektori […]

Talabalarning ijodiy ishlari ilhom manbai

 Navoiy davlat pedagogika institutida isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijodiy ishlarini keng targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.   Xususan, yosh rassomlarning ijodiy ishlari va kompozitsiyalari fakultetlarda, talabalar turar joylarida hamda «Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyida» oʻzgacha fusunkorlik bagʻishlamoqda.  

Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida taʼlim sohasidagi vazifalar

  Navoiy davlat pedagogika instituti birinchi prorektori Xurshid Qurbonov 1-bosqich talabalarga ”Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida taʼlim sohasidagi vazifalar» mavzusida akademik maʼruza qildi. Maʼruzada Uchinchi renessans avlodni shakllantirish omillari, milliy qadriyatlar, tarixiy taraqqiyot, taʼlimdagi islohotlar, talaba-yoshlarni iqtidorini namon etish masalalariga toʻxtaldi. Maʼruza munozara, savol-javob shaklida oʻtkazilib, talabalarning fikrlari tinlandi.