Navoiy shahridagi ixtisoslashtirilgan maxsus maktabda “Fizika-texnologiya” professor-o‘qituvchi va tyutorlari hamda talabalari, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar maktabida xayriya tadbirini o‘tkazishdi. Konsertlashtirilgan dasturlarda, fakultet talabalari hamda maktab o‘quvchilari tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Tashkilotchilar tomonidan bolajonlarga osh va sumalak tortiq etildi. “Mana shunday qalblarga taskin beradigan iliq so‘zlar, ko‘ngillarni yoritadigan iltifotlar va bolalarga xursandchilik olib kiradigan hadyalar bolalarimizning ko‘zlariga mamnunlik yoshlarini balqitti, bugungi kundan rozilik tuyg‘ularini sayqalladi. Tashkil etilayotgan barcha tadbirlar uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman…”-dedi maktab direktori Q.Nurullayev.