All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Ombudsman va talaba yoshlar uchrashuvi

 Mazkur tadbirda Ombudsmanning mintaqaviy vakili Prezidentning 7-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”da keltirilgan muhim masalalar boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.

Shuningdek, Ombudsman institutining tarixi, mamlakatimizda tashkil topib shakllanishi, faoliyatining huquqiy asoslari, prinsiplari, murojaatlar bilan ishlash tartibi, ularni koʻrib chiqishda vakilning vakolatlari toʻgʻrisida soʻz bordi. Tadbirda Yoshlar ishlari Agentligi vakili D.Egamov, Navoiy davlat pedagogika instituti birinchi prorektori X.Qurbonovlar tomonidan yoshlarni barkamol voyaga yetishi, taʼlim olishi va hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun yaratilayotan keng imkoniyatlar boʻyicha mulohazalar qilindi.