All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Referendum bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

  Joriy yilning 11-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida «Yoshlar yangi O‘zbekiston bunyodkorlari» shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 30-aprel mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi. Ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan, o‘z istiqboliga befarq bo‘lmagan barcha talaba-yoshlar ushbu referendumda faol ishtirok etishadi. Tadbirda so‘z olgan Xalq deputatlari Navoiy viloyat […]

Referendum va magistr yoshlar

  Navoiy davlat pedagogika instituti Magistratura boʻlimi tomonidan “Referendum 2023: kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida “Referendum va magistr yoshlar” nomli targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda soʻzga chiqqan spikerlar tomonidan yangi Konstitutsiyaning asosiy prinsip va normalari, yangi tahrirdagi moddalarning mazmun-mohiyati xususida maʼruza qilindi. Shuningdek, bir guruh magistrantlar ham yangi Konstitutsiyada yoshlar uchun alohida bob kiritilayotganini […]

18 nafar talabamiz maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilindi

 Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti 1-bosqich talaba yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek «Besh muhim tashabbus» doirasida Navoiy viloyati «Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi» hamda shahrimizdagi «MONO MARKAZ»ga sayohat tashkil etilib, shu jarayonni o‘zidayoq 18 nafar talaba qizlar «Mashhura» oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘quv amaliyoti o’tash va ishlash uchun qabul qilindi.

Targ’ibot tadbirlari davom etmoqda

   Navoiy davlat pedagogika institutining Tabiiy fanlar fakultetida “Yangi O’zbekistonning yangi konstitutsiyasi”, deb nomlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati yuzasidan birinchi prorektor X.Qurbonov, bo’lim boshlig’i A.Hoshimov, fakultet dekani B.Jumaboyevlar ma’ruza qildilar. Shuningdek, faol talaba-yoshlar ham 30-aprelda bo’lib o’tadigan referendumda ishtirok etishlarini bildirdilar. Tadbir davomida kuy va qo’shiqlar ijro etildi.

AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI VA SARKARDA

  Amir Temur – dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli siyosatchi, hayotida davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson. Tarix bu ko‘hna dunyoda juda ko‘p jahongirlarni ko‘rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik […]

UPay toʻlov tizimi asoschisi bilan uchrashuv

  Xabaringiz bor, bir necha kun avval Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzurida “Navoiy viloyati yoshlar Texnoparki” MCHJ bilan Navoiy davlat pedagogika instituti oʻrtasida anglashuv va hamkorlik Memorandumi imzolangan edi. Unga muvofiq, kuni kecha Navoiy davlat pedagogika institutida Navoiy viloyati yoshlar Texnoparki rahbari Abror Abdiganiyev hamda Amerika, Buyuk Britaniyada yirik startap kompaniyalar rahbari, UPay toʻlov […]

“Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz” mavzuida ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi

 Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Navoiy viloyati prokuraturasi, Adliya boshqarmasi, Siyosiy partiyalar masʼul xodimlari taklif qilindi hamda institut rahbariyati, fakultet dekanlari va dekan oʻrinbosarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.      Tadbirni institut rektori Bahodir Sobirov ochib berdi va institutda korrupsiyaga qarshi kurashish […]

An’anaviy STEM tanlovi

  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son qaroriga muvofiq, har bir viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida “STEM” fizika klublarini tashkil etish vazifasi belgilangan edi. Shunga binoan, 2021-yil 1-noyabrdan boshlab Navoiy viloyati «Barkamol avlod» bolalar maktabida «STEM» klubi o’z faoliyatini boshladi. Klub rahbari etib Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi Gulhayo Sayfullayeva […]

Sanʼatshunoslik fakultetida targʻibot tadbiri

  Navoiy davlat pedagogika instituti “Sanʼatshunoslik” fakultetida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki” nomli targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Inna Korjikova, institut birichni prorektori Xurshid Qurbonov, Tarix fakulteti kafedra mudiri, dotsent Aziza Aminova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Jahongir Yorqin, fakultet rahbariyati va talabalari ishirok etib, Konstitutsiyaning hayotimizdagi oʻrni va […]