loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI VA SARKARDA

  Amir Temur – dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli siyosatchi, hayotida davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson. Tarix bu ko‘hna dunyoda juda ko‘p jahongirlarni ko‘rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning “qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim”, degan so‘zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig‘idir. «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» deganda Amir Temur, avvalo, o‘z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz. “Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davri ilm-fan, ma’rifat, ma’naviyat va madaniyati jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Bunda ulug‘ bobomiz, davlat arbobi, sarkarda sohibqiron Amir Temurning xizmatlari beqiyos va benazirdir. Buni hammamiz, ayniqsa Siz talaba yoshlar to‘g‘ri anglamog‘ingiz lozim, ul ulug‘ zot ila faxrlanish barchamizning burchimiz…”-dedi podpolkovnik M.Shermatov NavDPI “Fizika-texnologiya” fakulteti talabalari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida.