loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

UPay toʻlov tizimi asoschisi bilan uchrashuv

  Xabaringiz bor, bir necha kun avval Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzurida “Navoiy viloyati yoshlar Texnoparki” MCHJ bilan Navoiy davlat pedagogika instituti oʻrtasida anglashuv va hamkorlik Memorandumi imzolangan edi.

Unga muvofiq, kuni kecha Navoiy davlat pedagogika institutida Navoiy viloyati yoshlar Texnoparki rahbari Abror Abdiganiyev hamda Amerika, Buyuk Britaniyada yirik startap kompaniyalar rahbari, UPay toʻlov tizimi asoschisi Begzod Botirov “INNO X” biznes inkubatsiyasining tanishtiruvi hamda amaliy seminar o’tkazildi.

Seminarda motivator tomonidan internet marketing bo’yicha foydali ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talaba – yoshlar oʻzlarining startap loyihalarini qanday boshlash va oʻz xizmatlarini chet el davlatlariga qanday qilib eksport qilish boʻyicha qiziqarli savollariga javoblar olishdi.