loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

An’anaviy STEM tanlovi

  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son qaroriga muvofiq, har bir viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida “STEM” fizika klublarini tashkil etish vazifasi belgilangan edi.

Shunga binoan, 2021-yil 1-noyabrdan boshlab Navoiy viloyati «Barkamol avlod» bolalar maktabida «STEM» klubi o’z faoliyatini boshladi. Klub rahbari etib Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi Gulhayo Sayfullayeva tayinlandi. Bugungi kunda ushbu klub «Kichik tadqiqotchiman» an’anaviy tanlovini o’tkazib kelmoqda. Bugun tanlovning 3-bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Navoiy viloyati Yoshlar ishlari agentligi, Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda jami 70 nafar ishtirokchi qatnashib, yakunda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan kitob va diplomlar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.