loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

В ABAI UNIVERSITY ОБСУДИЛИ РОЛЬ НАВОИ И АБАЯ В РАЗВИТИИ МИРОВОЙ КУЛЬТУРЫ

В КазНПУ имени Абая прошел Международный форум «Навои и Абай: преемственность общечеловеческих ценностей». Мероприятие собрало представителей Посольства Узбекистана в Казахстане, Генерального консульства Узбекистана в Алматы, ведущих вузов Узбекистана, общественного объединения «Узбекский национально-культурный центр г. Алматы», а также высших учебных заведений Алматы. Цель – пропаганда духовных, исторических и философских основ развития современного общества через богатое наследие […]

Samarqandda “Butunjahon yoshlar festivali” doirasidagi “Global taʼlim forumi” o‘tkazildi

Xabar qilganimizdek, kuni kecha Samarqand shahridagi “Hillton” mehmonxonasida, “TOP-500” reytingdagi oliygohlar ishtirokida Global ta’lim forumi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 400 nafardan ortiq vakillari, shu jumladan 250 nafar yosh talabalar va tadqiqotchi olimlar, yetakchi jahon ekspertlar, akademik liderlar va turli davlatlar vakillar tashrif buyurdi. Xususan, forumda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov […]

Institut jamoasi Olmaotada

27 iyun kuni Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy pedagogika universitetida “Navoiy va Abay: umuminsoniy qadriyatlar davomiyligi” mavzusida Xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Forumda O‘zbekistondan vakillar, jumladan, Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdi. Forum yakunlari boʻyicha universitetlar oʻrtasida akademik va ilmiy almashinuvni koʻzda tutuvchi yoʻl xaritalari ishlab chiqildi. Xalqaro loyihalar bo‘yicha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan.

Institutda “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix, Oʻzbek tili va adabiyoti, Jismoniy madaniyat, Tabiiy fanlar, Fizika-texnologiya fakultetlari dekan oʻrinbosarlari, tyutor va koordinatorlari uchun 26-iyun xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida profilaktik davra suhbati oʻtkazildi. Unda Navoiy viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Giyohvandlikka qarshi kurashish boʻlimidan X.Poʻlatov nutq soʻzlab, giyohvand vositalarning salbiy oqibatlari, […]

Institutda “Mahalla yettiligi” aʼzolari uchun seminar oʻtkazilmoqda

Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika instituti faollar yigʻingohida Navoiy viloyati Konimex va Nurota tumanlari sektorlar rahbarlari va “mahalla yettiligi” aʼzolarini mahallalarda kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirish, migratsiyadan qaytganlar bilan ishlash va jinoyatchilikni kamaytirish borasida bilimlarini oshirish yoʻnalishida oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtmoqda. Jarayonda viloyat hokimligi mutassadilari, sektor rahbarlari, mahalla xodimlari ishtirok etyapti. “Har bir mahallaga 7 ta […]

Samarqandda “Global ta’lim” forumi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 27-iyun kuni Boqiy shahar majmuasidagi “Hillton” mehmonxonasida, “TOP-500” reytingdagi oliygohlar ishtirokida Global ta’lim forumining yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Forumni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ochib berdi. Ushbu forum, dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan 400 nafardan ortiq vakillarini, shu jumladan 250 nafar yosh talabalar va tadqiqotchi olimlarni, yetakchi jahon ekspertlari, […]

Hamkorlikda olib borayotgan faoliyatimiz — e’tirofda!

27-iyun- Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tezkorlik, halollik,  shaffoflik, jonkuyarlik va masʼuliyatlilik kabi hislatlar qon-qoni va jon-joniga singib ketgan  ushbu soha jonkuyarlari boʻlgan barcha xodimlarni samimiy muborakbod etamiz! Fursatdan foydalangan holda, taʼlim yoʻnalishiga asoslangan kanal boʻlganligi sababli @OTM_Minbari kanali bilan tizimli va samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻygan holda faoliyat yuritayotgan Oliy taʼlim […]

Rektorning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi

O‘z iste’dodi va mahorati, aziz mehnati bilan el-yurtimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan siz, jurnalistikamiz jonkuyarlarini 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman. Ma’lumki, keyingi yillarda yurtimizda so‘z erkinligi va fikrlar xilma-xilligiga erishish yo‘lida keng imkoniyatlar ochilayotgani media vositalari […]

Institutda yangi tayinlov amalga oshirildi

Zaynutdinov Ismoil Samariddin o‘g‘li Navoiy davlat pedagogika instituti Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi. Ismoil Zaynutdinov 1994-yilda Navoiy viloyati Nurota tumanida tavallud topgan. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektor maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.