Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix, Oʻzbek tili va adabiyoti, Jismoniy madaniyat, Tabiiy fanlar, Fizika-texnologiya fakultetlari dekan oʻrinbosarlari, tyutor va koordinatorlari uchun 26-iyun xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida profilaktik davra suhbati oʻtkazildi. Unda Navoiy viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Giyohvandlikka qarshi kurashish boʻlimidan X.Poʻlatov nutq soʻzlab, giyohvand vositalarning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi. Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan javob berildi.