loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda “Mahalla yettiligi” aʼzolari uchun seminar oʻtkazilmoqda

Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika instituti faollar yigʻingohida Navoiy viloyati Konimex va Nurota tumanlari sektorlar rahbarlari va “mahalla yettiligi” aʼzolarini mahallalarda kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirish, migratsiyadan qaytganlar bilan ishlash va jinoyatchilikni kamaytirish borasida bilimlarini oshirish yoʻnalishida oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtmoqda.

Jarayonda viloyat hokimligi mutassadilari, sektor rahbarlari, mahalla xodimlari ishtirok etyapti.

“Har bir mahallaga 7 ta toifadagi masʼullarni belgilash, yoʻriqnomalar asosida ishlarni tashkil etish, belgilangan yoʻnalishlarda aholiga uslubiy koʻmaklashish boʻyicha sektor rahbarlarining asosiy vazifalari” shu va boshqa mavzularda maʼruzalar tinglanmoqda.

Oʻquv-amaliy seminar joriy yilning 29-iyun sanasiga qadar davom etadi.