All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Navro‘z umumxalq bayrami

  Navro’z qadimiy milliy bayrami 21-mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko’pgina O’zbek oilalar Sumalak, Xalim, Ko’k somsa, Osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Navroʻz ayyomi munosabati bilan Tabiiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlarida ham bayram tadbirlari oʻtkazildi. 1-sonli talabalar turar joyi talabalari hamda fakultet jamoasi uchun doshqozonlarda […]

Salom Navro‘z!

 Aziz yurtimizga fasllar kelinchagi – bahor kirib keldi. Ona zamin uyg‘onmoqda, barchamiz intizor bo‘lib kutayotgan Navro‘z bayrami – yasharish va yashnash fasli kirib kelmoqda. Shu munosabat bilan Navoiy davlat pedagogika institutining Sanʼatshunoslik fakulteti hamda 2-sonli talabalar turar joyida Navroʻz ayyomi munosabati bilan bayram tadbiri va sumalak sayli boʻlib oʻtdi. Unda institutimiz rektori Bahodir Sobirov ishtirok etib, […]

Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!

  Institutning Matematika-informatika fakultetida ham Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida ma’naviy ma’riviy tadbir tashkil qilindi. Azaliy va abadiy bayram – Navro’z el-ulus qalbida yaratish va bunyodkorlik hislarini o‘zida mujassam etgan, elimizning tabiati, ongu – tafakkuri va qalbiga, har bir oila va xonadoniga shodu – hurramlik […]

NAVRO‘Z BAYRAMI- INSONLARNING ENG XALQCHIL AYYOMIGA AYLANIB ULGURGAN

  Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’iy nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom. Keksayu yosh uchun birdek aziz shodiyona! Bu bayram oddiy bayram emas, balki xalqimizning tarixi, falsafasi, tushuncha tasavvurlari, qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, millat bilan ulg‘ayib, millat bilan birga taraqqiy etgan bayram. Bu bayram qadim-qadim zamonlardan […]

Institut jamoasi umumxalq xayriya hasharida faol qatnashmoqda

Xabaringiz bor, Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan yurtimiz boʻylab 16−18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda. Erta tongdan Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida ishchi xodimlar, professor-o‘qituvchilar va ko‘ngilli yoshlar hashar tadbirlarini uyushqoqlik bilan tashkil etdi. Ko‘taringki kayfiyatda institut jamoasi tomonidan 11 fakultet va talabalar turar joylari hududida obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borildi. Ariqlar […]

Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!

 Joriy yilning 16-mart kuni institutning Matematika-informatika fakultetida ham Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” deb nomlangan  ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Azaliy va abadiy bayram – Navro’z el-ulus qalbida yaratish va bunyodkorlik hislarini o’zida mujassam etgan, elimizning tabiati, ongu – tafakkuri va qalbiga, har bir oila va xonadoniga shodu – […]

Jinoyatchilik va korrupsion holatlarini oldini olish maqsadida profilaktik tadbir

 Jinoyatchilik va korrupsion holatlarini oldini olish maqsadida Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda prorektorlar G’.Yodgorov, X.Qurbonov, Navoiy shahar IIB tergovchilari M.Xudoyberdiyev, A.Ahmadov, Y.Turobov, institut Bosh yuriskonsulti B.Yaxyoyev hamda “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Xalikovlar ishtirok etdi. Jarayonda Navoiy shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limining taqdimnomasi o‘qib eshittirilib, muhokama qilindi.

TA’LIMDA INNOVATSIYA

 Navoiy davlat pedagogika instituti faollar zalida Ingliz til va adabiyoti fakultetining 4-bosqich talabalari o‘rtasida “Chet tili o‘qitishning integrallashgan kursi” fanidan “Innovate to Educate” (Ta’limda innovatsiya) nomli bellashuv o‘tkazildi. Maqsad — maktablarda malaka oshirayotgan talabalarning faoliyatini o‘rganish, fan doirasida bilim va ko‘nikmalarni sinash, ularning kasbiy mahoratini oshirish. Fakultetining 6 ta bitiruvchi guruhlari 4 shart bo‘yicha o‘zaro […]

KIYEV MILLIY UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI

  Bugungi kunda Navoiy davlat pedagogika instituti dunyoning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Xususan, Malayziya, Kanada, Rossiya, Belarus, Angliya, Turkiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi davlatlarning universitetlari bilan ilmiy-amaliy anjumanlar, onlayn olimpiadalar, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ilmiy himoyalar bo‘yicha jarayonlar olib borilmoqda. Hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, xalqaro reytingdan o‘rin olish maqsadida Taras […]