Xabaringiz bor, Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan yurtimiz boʻylab 16−18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda.
Erta tongdan Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida ishchi xodimlar, professor-o‘qituvchilar va ko‘ngilli yoshlar hashar tadbirlarini uyushqoqlik bilan tashkil etdi.
Ko‘taringki kayfiyatda institut jamoasi tomonidan 11 fakultet va talabalar turar joylari hududida obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borildi. Ariqlar shox-shabbalardan tozalandi. Daraxtlarga shakl berilib, ohaklandi. Yer maydonlariga daraxt ko‘chatlari ekildi. O‘quv xonalarida ham tozalash yumushlari hamjihatlikda olib borildi.