Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’iy nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom. Keksayu yosh uchun birdek aziz shodiyona! Bu bayram oddiy bayram emas, balki xalqimizning tarixi, falsafasi, tushuncha tasavvurlari, qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, millat bilan ulg‘ayib, millat bilan birga taraqqiy etgan bayram. Bu bayram qadim-qadim zamonlardan buyon elimiz ardoqlab kelayotgan, elimizni, yurtimizni ulug‘lab kelayotgan bayram. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida bayram tantanalariga arafisida “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik tanlovi tashkil etildi. Talaba-yoshlar turli sahna ko‘rinishlari orqali Navro‘zning kelib chiqishi, tarixi, azaliy qadriyatlarimizning bizning kunimizgacha yashab kelayotgani, umumxalq bayrami bilan bog‘liq an’ana, urf-odat va marosimlarning hamon elimizning ardog‘ida ekanini ko‘rsatib berishdi.
Shudan so’ng “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi bilan hamkorlikda bayram tadbiri o‘tkazildi. Talaba-yoshlar yurtimiz tarixi davomida ko‘plab hukmron sulolalar, dinlar va mafkuralar almashgan bo‘lsa-da, biroq xalqimiz Navro‘z bayramini hamon nishonlab kelayotganligi, shu sababli u bilan bog‘liq folklor – xalq qo‘shiqlari, bolalar o‘yinlari, afsona va rivoyat, marosimlarni qadim udumlarimizni saqlab qoliinganligi to‘g‘risida ma’lumotlarlar berishdi. “Navro‘z ayyomi xalqimiz uchun sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy, asl milliy, eng ardoqli bayramdir. Navro‘z bayramining biror bir din yoki e’tiqodga umuman daxli yo‘q bo‘lib, ushbu kun azal sharq xalqlarida yangilanish, yasharish bayrami, dehqonchilik mavsumining boshlanishi, yangi hayot pallasi sifatida ko‘rilgan. Navro‘z o‘tmishda qandaydir diniy mazmunga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo u bugunda bunday mazmundan mahrum bo‘lib, millati, dini, irqi, ijtimoiy maqomidan qat’i nazar, barcha xalqlarga mansub dunyoparvar insonlarning eng xalqchil ayyomiga aylanib ulgurgan…” Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, Sh.Turobova.