loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Salom Navro‘z!

 Aziz yurtimizga fasllar kelinchagi – bahor kirib keldi. Ona zamin uyg‘onmoqda, barchamiz intizor bo‘lib kutayotgan Navro‘z bayrami – yasharish va yashnash fasli kirib kelmoqda. Shu munosabat bilan Navoiy davlat pedagogika institutining Sanʼatshunoslik fakulteti hamda 2-sonli talabalar turar joyida Navroʻz ayyomi munosabati bilan bayram tadbiri va sumalak sayli boʻlib oʻtdi.

Unda institutimiz rektori Bahodir Sobirov ishtirok etib, talabalar va professor-oʻqituvchilarni muborak Ramazon oyi va kirib kelayotgan Navroʻz ayyomi bilan muborakbod etdi. Tadbirda professor-oʻqituvchilarning kuy-qoʻshiqlari yigʻilganlarni raqslarga chorladi.