loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGINING MAHALLADAGI YETAKCHILARI UCHUN SEMINAR-TRENING

    Maʼlumki, 2022-yil 19-yanvarda Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori qabul qilindi. Navoiy davlat pedagogika instituti va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan institut rahbariyati, harbiylar ishtirokida oʻquv-seminar tashkil etildi. 👉Batafsil

14 fevral: Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

   Turkiy adabiyotning eng mashhur vakillaridan biri, o‘zining ijobiy faoliyati va kuchli siyosati bilan dunyo tarixida o‘chmas nom qoldirgan buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Amir Temurning munosib vorislaridan bo‘ldi. uning avlodlari esa ko‘p yillar davomida dunyo siyosatiga katta ta’sir ko‘rsata oldilar. Shu tariqa Bobur ulkan sulola asoschisi sifatida tarixda qoldi. Navoiy davlat pedagogika […]

Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni

  Alisher Navoiy – buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi. Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiydan milliy madaniyatimiz va abiyotimiz uchun bebaho ijodiy-ilmiy merosi qolgan. Alisher Navoiyning buyuk va bebaho nodir adabiy asarlari asrlar osha dunyo xalqlarini ham o‘ziga jalb etib kelmoqda. Yurtimizda ham Navoiy ijodi doimiy o‘rganilib kelinmoqda. Buyuk shoir va […]

Vazir o‘rinbosari doktorant va tayanch doktorantlari  bilan uchrashdi

    Vazir o‘rinbosari Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik instituti doktorant va tayanch doktorantlari  bilan uchrashdi. Vazir o‘rinbosari uchrashuvni doktorantlarga  berilgan yengillik va yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish bilan  boshladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari  institut rahbariyati hamda fakultet dekanlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda ko‘tarilgan ustuvor masalalar, xususan, […]

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari NavDPIga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Xakimov Raximjon Rasuljonovich boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.      Vazir oʻrinbosari boshchiligidagi ishchi guruh vakillariga institutda soʻnggi yillardagi oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida amalga oshirilgan ishlar va yutuqlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, vazir oʻrinbosari institutning bosh binosidagi […]

Navoiy davlat pedagogika instituti oʻqituvchilari va talabalari Xalqaro Sertifikat sohibi boʻlishdi

  2021-yil 18-oktabrdan 2021-yil 31-oktabrgacha Xitoy Savdo vazirligi homiyligida va Zhejiang Provinsiyasi Erkin savdoni rivojlantirish kengashi tomonidan tashkil etilgan “Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun inson resurslarini rivojlantirish boʻyicha seminar”ni muvaffaqiyatli yakunlagan Navoiy viloyat “Kelajak liderlari” klubi aʼzolariga Xitoy Xalq Respublikasidan Xalqaro Sertifikatlar yetib keldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyat filiali tomonidan Sertifikatlar […]

“Navoiy va zamonamiz” mavzusida davra suhbati

   Ulugʻ mutafakkir, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy maʼnaviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulugʻ bobokalonimizga ehtirom koʻrsatish, asarlarini oʻrganish, uni dunyoda keng targʻib etishga doimiy eʼtibor qaratilmoqda. Ayni kunda buyuk shoir tavalludiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirlar Navoiy davlat pedagogika institutida […]

Navoiy davlat pedagogika institutida taʼlim oladigan talabalar diqqatiga!

Bakalavriat kunduzgi va kechki: Barcha kurs (1,2,3,4) talabalari uchun anʼanaviy oʻqish 7-fevraldan boshlanishini maʼlum qilamiz. Bakalavriat sirtqi:  Barcha sirtqi taʼlim talabalari uchun oʻquv jarayonlari onlayn tartibda (Hemis dasturi orqali) davom ettiriladi. Magistratura:  7-fevraldan 1 va 2 kurs magistrlari uchun anʼanaviy oʻquv jarayoni boshlanadi.

Bosh Vazir oʼrinbosari topshirigʼiga asosan АRM faoliyati oʼrganildi.

BOSH VAZIR OʼRINBOSARI TOPSHIRIGʼIGA ASOSAN АRM FAOLIYATI OʼRGANILDI.   Navoiy viloyatida aholiga axborot-kutubxona xizmat koʼrsatishni yanada rivojlantirish, matbaa, noshirchilik va matbuot tarqatish tizimini hamda gazeta va jurnalallarning faoliyatini yanada takomillashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini kompleks oʼrganish boʼyicha ishchi guruh Navoiy davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida boʼldi. Talabalar va aholi uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan mavjud […]

Navoiy davlat pedagogika institutida 950 oʼrinli bino kapital taʼmirlanmoqda.

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA 950 OʼRINLI BINO KAPITAL TAʼMIRLANMOQDA. Erta tongdan institutimiz rektori Baxodir Sobirov masʼullar hamroxligida qurilish ishlari ketayotgan Maktabgacha va boshlangʼich taʼlim fakulьteti xududidagi 950 oʼrinli qurilish obʼektini borib koʼrdi. Institutimiz rektori olib borilayotgan ishlarni koʼzdan kechirar ekan, ustalarga mazkur obʼektni belgilangan muddatda, sifatli topshirish kerakligini taʼkidlab oʼtdi. Shuningdek, har bitta qilinayotgan ishlar […]