All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

14 fevral: Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

   Turkiy adabiyotning eng mashhur vakillaridan biri, o‘zining ijobiy faoliyati va kuchli siyosati bilan dunyo tarixida o‘chmas nom qoldirgan buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Amir Temurning munosib vorislaridan bo‘ldi. uning avlodlari esa ko‘p yillar davomida dunyo siyosatiga katta ta’sir ko‘rsata oldilar. Shu tariqa Bobur ulkan sulola asoschisi sifatida tarixda qoldi.

Navoiy davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti tomonidan “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi: Badiiy mahorat va lisoniy tahlil masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.

Seminarda “Bobur va boburiylar sulolasining jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan buyuk hissasi”, “Boburnomada shoirlar va badiiy ijod”, “Boburnoma va turkiy leksika”, “Boburnomada tarixiy shaxslar talqini”, “Bobur ijodida Alisher Navoiy siymosining aks ettirilishi”, “Bobur ijodida yoshlar tarbiyasi masalalari”, “Bobur sheʼriyatida Vatan madhi” kabi mavzularda maʼruzalar qilindi. Mazkur seminarda institut rahbariyati, fakultet professor-oʻqituvchi va tyutorlari hamda talabalar ishtirok etdi. Sanʼatshunoslik fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan ijro etilgan mumtoz navolar seminar ishtirokchilariga taassurot qoldirdi.