loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Navoiy va zamonamiz” mavzusida davra suhbati

   Ulugʻ mutafakkir, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy maʼnaviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulugʻ bobokalonimizga ehtirom koʻrsatish, asarlarini oʻrganish, uni dunyoda keng targʻib etishga doimiy eʼtibor qaratilmoqda. Ayni kunda buyuk shoir tavalludiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirlar Navoiy davlat pedagogika institutida ham boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirni NavDPI O’quv ishlar bo’yicha prorektor D.Ruziyev, f.f.n., dotsent T. Xo‘jayev “Alisher Navoiy asarlarining Afg’onistonda o’rganilishi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ochib berdi. Shundan so’ng, tadbir ishtirokchilari “Navoiyning Hindistondagi zamondoshlari”, “Sharq qo’lyozmalari nusxalari va ularning o’rganishning ahamiyati”, “Navoiy qayerda tug’ilgan?”, “Alisher Navoiyning “Xamsa” asarida ilohiy va ijtimoiy hodisalarni so’z bilan ifodalash usullari”, “Navoiy va Xoqoniy”, “Navoiy g’azallarining nafosati” mavzusidagi ma’ruzalar bilan chiqish qildilar.

Davra suhbati davomida g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning adabiy me’rosi va uning bugungi kundagi ahamiyati, uning me’rosini yanada chuqur o’rganishning dolzarbligi va zaruriyati haqida fikr yuritildi.