All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari NavDPIga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Xakimov Raximjon Rasuljonovich boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

    

Vazir oʻrinbosari boshchiligidagi ishchi guruh vakillariga institutda soʻnggi yillardagi oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida amalga oshirilgan ishlar va yutuqlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, vazir oʻrinbosari institutning bosh binosidagi kapital qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi. Talabalar hamda professor-oʻqituvchilar uchun tashkil qilingan IT xona, faollar va kichik majlislar zallari shular jumlasidan.

    

Institut tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi faoliyati doirasida tarixga oid qoʻlyozmalar, qatagʻon qilingan shaxslar va qatagʻon siyosati davriga doir materiallar bilan tanishildi.
Raximjon Rasuljonovich tomonidan institut talabalari boshchiligida qatagʻon davriga oid chizilgan suratlar sonini koʻpaytirish va “mobil magazin” yaratib, ularning bir qismini sotish orqali talabalar daromadini koʻpaytirish taklifi berildi.

       

Shundan soʻng, ishchi guruh tomonidan 18 ming 388 nomdagi 116 ming 777 son bosma nashrdagi kitoblar va 12 ming 238 elektron oʻquv adabiyotlarini oʻzida jam etgan zamonaviy axborot-resurs markazi faoliyati hamda talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi. Ishchi guruh vakillari institutning 1-2 va 4 sonli TTJni borib koʻrdi. U yerda istiqomat qilayotgan talabalar bilan muloqot qildi. TTJdagi oʻrganishlar davomida institut tomonidan talabalarga berilayotgan imkoniyatlar, xususan, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlovchi 5 tashabbus xonalari, sunʼiy qoplamali sport maydonlari faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi alohida taʼkidlandi.
Vazir oʻrinbosari institut rahbariyati hamroxligida qurilish ishlari ketayotgan Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti hududidagi 950 oʻrinli qurilish obyektini koʻzdan kechirdi.

   

Mutaxassislar tomonidan bino obyekti boʻyicha olib borilayotgan qurilish ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etildi.