“Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi 1988-yilda tashkil etilgan. “Matematik analiz va informatika” kafedrasi tarkibidan 2004 yil “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi sifatida ajralib chiqqan. Dastlab kafedrani 1988-1993 yillarda t.f.n. I.S.Ortiqov boshqargan. Kafedra mudiri t.f.n. I.S.Ortiqovning tashabbusi bilan kafedra ilmiy potensialini oshirish maqsadida t.f.n. B.J.Rajabov, f.-m.f.n. R.A.Ro‘ziyevlar ishga jalb qilindi. 1993-1997 yillarda kafedrani t.f.n. B.J.Rajabov boshqardi. 1998-2004 yillarda “Matematik analiz va informatika” kafedrasi mudiri lavozimida f.-m.f.n. R.A.Ro‘ziyev faoliyat olib bordi. 2004-2006 yillar “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasiga p.f.n.T.U.Utapov, 2007-2008 yillar f.-m.f.n. A.A.Ibragimov, 2008-2014 yillar f.-m.f.n. Sh.J.Xudoyorov, 2014-2019 yillar f.-m.f.n G‘.R.Yodgorov rahbarlik qildi. 2019 yil sentyabr oyidan kafedra mudiri vazifasini dotsent A.A.Ibragimov bajarib keldi va 2021yil aprel oyidan f.-m.f.n G‘.R.Yodgorov rahbarlik qild. 2021 yil sentabr oyidan p.f.f.d. (PhD), dotsent. U.M. Mirsanov kafedra mudiri vazifasini bajarib kelmoqda. 2015 yil 28 fevraldan institut strukturasi o‘zgarganligi sababli kafedra nomi “Informatika o‘qitish metodikasi” deb o‘zgardi. 2003-2009 yillar mobaynida kafedraning ilmiy salohiyati sezilarli darajada oshib bordi. Kafedra o‘qituvchilarida Ibragimov A.A. 2003 yilda, Cho‘liyev E.A. 2004 yilda, Xudoyorov Sh.J. 2006 yilda, O‘tapov T.U. 2008 yilda, Yodgorov G‘.R. 2009 yilda nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 2016-2018 yillarda kafedra ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2016 yildan dots.Sh.N.Nasirova va 2018 yildan dots.O.O.Suvonov kafedrada faoliyat olib bormoqdalar.
Bugungi kunda “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2012 yilda tashkil etilgan 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi bakalavr ta’lim yo‘nalishda va 2002-yildan kafedra negizida tashkil etilgan 5A110701 – Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi magistraturasida hamda barcha ta’lim yo‘nalishidagi bakalavrlarga “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanidan tahsil berib kelmoqda.
“Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrada 2 ta yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot mavzusi tasdiqlangan:
a) Tabiiy jarayonlarni matematik modellashtirish;
b) O‘quv jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llash.
Birinchi yo‘nalishda kafedra professor-o‘qituvchilaridan dots. A.A.Ibragimov, dots. Sh.N.Nosirova, f.-m.f.n. Sh.J.Xudoyorov, f.-m.f.n. G‘.R.Yodgorov, katta o‘qituvchi D.N.Xamrayeva, o‘qituvchilar F.D.Xodjaboyev, F.J.Toxirov, T.T.Jo‘raqulovlar ilmiy ishlar olib bormoqdalar. Ikkinchi yo‘nalishda esa dots. R.A.Ro‘ziyev, p.f.n. T.U.O‘tapov, katta o‘qituvchilar S.S.Qo‘chqorova, M.A.Mahmudova, L.S.Qo‘ldoshev, J.I.Samandarov, M.U.Raymova, o‘qituvchilar D.D.Djurayev, D.R.Djurayeva, B.A.Yorkulov, A.O.Norbekov va L.S.Isroilovalar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bomoqdalar. “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi 33 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda, ulardan 8 nafari ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar: dots. R.A.Ro‘ziyev, dots. A.A.Ibragimov, dots. O.O.Suvonov, t.f.d.dots.Sh.N.Nosirova, f.-m.f.n. Sh.J.Xudoyorov, f.-m.f.n. G‘.R.Yodgorov va p.f.n. T.U.O‘tapov, ilmiy salohiyat 23,3% tashkil etadi.Hozirgi kunda “Informatika o‘qitish metodikasi” kaferdasidagi 33 nafar professor-o‘qituvchilarning 22 nafari to‘liq, 11 nafari o‘rindoshlik asosida talabalarga tahsil berib kelmoqda.
Informatika o‘qitish metodikasi kafedrada professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini va ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida kafedra katta o‘qituvchisi L.S.Qo‘ldoshev 2017 yil dekabrda institutda tashkil etilgan tayanch doktaranturaga o‘qishga qabul qilindi. Kafedraninng yosh professor-o‘qituvchilaridan F.D.Xodjabaev (05.01.07) – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Maxsus ko‘rinishga ega bo‘lgan interval koeffitsentli tenglamalar sistemasi yechimlarini tashqi va ichki baholash usullari” mavzusida prof. Z.X.Yuldashev ilmiy rahbarligida, F.J.Tohirov (05.01.07) – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Задача оптимизации функционирования промышленных электрических систем с недетерминированными параметрами” mavzusida dots. A.A.Ibragimov ilmiy rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Djuraev D.D. “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlash uchun integratsiyalashgan pedagogik dasturiy vositali metodik tizim yaratish” (13.00.02-Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Informatika o‘qitish metodikasi)), Jo‘raqulov T.T. (05.01.07- Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Разработка математических моделей и алгоритмов расчёта оптимального управления процессов обучения” mavzusida dots. O.O.Suvonov ilmiy rahbarligida, Djuraeva D.R. “Zamonaviy dasturlash tillari yordamida o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish” (13.00.02 -Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Informatika o‘qitish metodikasi)) mavzusida prof. Tayloqov N. ilmiy rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
2018 yili dekabrda kafedraning katta o‘qituvchisi Hamroeva D.N. “Алгоритмы решения алгебраической проблемы собственных значений в условиях интервальной недетерминированности данных” (“05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui”, ilmiy rahbar prof. Yuldashev Z.X.) va o‘qituvchilar Yorkulov B.A. “Методика снижения субъективной неопределенности экспертной оценки качества информационных систем” (“05.01.10 – Axborot olish tizimlari va jarayonlari”, ilmiy rahbar t.f.d. prof. Ajmuxamedov I.M.) va Norbekov A.O. “Informatika fanidan asinxron o‘qitishga mo‘ljallangan ta’lim portali yaratish va foydalanish metodikasini takomillashtirish” (“13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Informatika), ilmiy rahbar dots. Ruziev R.A.) mavzusida ilmiy izlanish olib borish maqsadida institutda tashkil etilgan tayanch doktaranturalarga qabul qilindi.
2019 yil kafedra ilmiy salohiyati yana oshdi, bunga sabab Toshkent kimyo-texnologiya insituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSC.27.06.2017.t.04.01 raqamli ilmiy kengashida Nasirova Shaira Narmuradovna “Texnologik jarayonlarni kompyuter algoritmlash bilan boyitish fabrikalaridagi flotatsiya apparatlarini takomillashtirish” mavzusida 02.00.16 – “Kimyo texnologiyasi va oziq ovqat ishlab chiqish jarayonlarini va apparatlari” ixtisosligi bo`yicha texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi dsc.28.12.2017.ped.01.09 raqamli ilmiy kengashda Mirsanov Uralboy Muxammadiyevich “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematikani amaliy dasturlar yordamida o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasi (5–6-sinflar misolida)” mavzusida 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika)” ixtisosligi bo`yicha falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildilar.
№ | F.I.O. | Qaysi OTM ni tugatgan, yili | Diplom bo‘yicha mutaxassisligi | Qachondan buyon OTMda ishlaydi | Ilmiy darajasi, unvoni |
1. | Yodgorov Gayrat Ro‘ziyevich | NavDPI-1998 | Matematik-informatik | 1998 | f.-m.f.n. |
2. | Ruziyev Rauf Axmadovich | ToshDU – 1987 | Mexanik | 1992 | f.-m.f.n., dotsent |
3. | Suvonov Olim Omonovich | SamDU -1976 | Matematik | 1990 | t.f.n., dotsent |
4. | Utapov Toyir Usmanovich | ToshDU – 1989 | Matematik | 1991 | p.f.n. |
5. | Ibragimov Alimjan Artikbayevich | NavDPI – 1994 | Matematik-informatik | 1994 | f.-m.f.n., dotsent |
6. | Xudoyorov Shuxrat Jumaqulovich | SamDU-1993 | Matematik | 1995 | f.-m.f.n. |
7. | Nosirova Shoira Normurotovna | ToshMU 1983 | Amaliy matematika | 2016 | t.f.d., dotsent |
8. | Qo‘ldoshev Lutfullo Sa’dullayevich | NavDPI – 1999 | Matematik-informatik | 2004 | |
9. | Quchqorova Surmaxon Suvonovna | NavDPI – 1995 | Matematik-informatik | 1995 | |
10. | Maxmudova Maloxat Axmadovna | NavDPI – 2004 | Informatika | 2004 | |
11. | Raymova Marfuga Umirzokovna | NavDPI – 2005 | Informatika | 2006 | |
12. | Yorkulov Behzod Abdugabbarovich | NavDPI – 2005 | Informatika | 2006 | |
13. | Xamroyeva Dilafro‘z Namozovna | NavDPI – 2007 | Informatika | 2007 | |
14. | Xolmurodova Zuhra Nishonovna | NavDPI -2007 | Informatika | 2007 | |
15. | Samandarov Javlon Iskandarovich | NavDPI – 2008 | Informatika | 2008 | |
16. | Xodjabaev Farhod Davlatbayevich | NavDPI – 2009 | Informatika | 2009 | |
17. | Djurayev Davron Doniyorovich | NavDPI – 2014 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 2014 | |
18. | Djurayeva Dilafruz Raupovna | NavDPI – 2013 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 2013 | |
19. | Toxirov Feruz Jamoliddinovich | NavDPI – 2014 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 2014 | |
20. | Shamsutdinov Fazliddin Axmadovich | NavDPI – 2012 | Informatika | 2013 | |
21. | Norbekov Azamat Ostonaqulovich | NavDPI – 2010 | Informatika | 2015 | |
22. | Jo‘raqulov Tolib Toxirovich | NavDPI – 2015 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 2015 | |
23. | Absobirov Samariddin Qurbonovich | NavDPI – 2014 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 2016 | |
24. | Navro‘zov Baxtiyor Ixtiyorovich | NavDPI – 2016 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 2017 | |
25. | Xamroyev O‘tkir Namozovich | NavDPI – 2017 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 2017 | |
26. | Axmedova Shahlo Axadovna | NavDPI – 2016 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 2015 | |
27. | Ma’murov Talatjon Tusunpo‘latovich | NavDPI – 2017 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 2017 | |
28. | Isroilova Lola Sunnatovna | NavDPI – 2015 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 2018 | |
29. | Nuraliyeva Parvina Erkinovna | NavDPI – 2014 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 2018 | |
30. | Rajabov Olimjon Juraqulovich | NavDPI – 1997 | Matematik-informatik | 2018 | |
31. | Juraboyev Almir | NavDPI – 2019 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 2019 | |
32. | Qilichev Xudoynazar | NavDPI – 2019 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 2019 | |
33. | Jurayeva Aziza | NavDPI – 2019 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 2019 |
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.