loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Helpline
+998 79 225-19-71
Fax
Rector's Reception

Rektor va magistrlar uchrashuvi: erkin muloqot, dildan suhbat

  Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov birinchi kursga qabul qilingan magistrantlar bilan uchrashdi. “Ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay!” shiori ostida tashkil etilgan uchrashuv erkin, norasmiy formatda, dildan suhbat tarzida o‘tkazildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda magistrantlarga amalga oshirishlari lozim bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ularning ta’lim jarayoniga oid fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi. Uchrashuvda oliygoh rektori, professor Muxiddin Kalonov magistratura yo‘nalishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan o‘zgarishlarni sanab o‘tdi.Xorijning zamonaviy ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rgangan holda magistratura ta’limini tubdan o‘zgartirish lozimligi ta’kidlandi. Ayni paytda ta’lim tizimida salohiyatli kadrlarga ehtiyoj yuqori ekanini inobatga olib, magistratura talabalari zamon talablari asosida mustaqil izlanishga katta e’tibor qaratishlari zarurligi qayd etildi. Magistrantlar tomonidan institutda xalqaro konferensiyalarni tashkil etish, “Yilning eng yaxshi magistri” tanlovini o‘tkazish, startap loyihalar tanlovini tashkil qilish, shahar va tumanlardagi umumta’lim maktablarida dissertatsiya ishlari bo‘yicha tajriba orttirish kabi mavzularda takliflar bildirildi. Ushrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig’i, instutut rahbariyati, fakultet dekanlari, Magistratura bo‘limi hamda magistrantlar ishtirok etdi. Jarayon davomida San’atshunoslik fakulteti talabasi Muxlisa Mardiyeva tomonidan institut rektori surati tushirilgan fotoportret taqdim etildi. Bugungi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida 345 nafar magistrant 18 ta mutaxassislik boʻyicha tahsil olmoqda. Shundan qariyb 80 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

2024/2025 o‘quv yilida birinchi kursga 155 nafar magistr qabul qilindi. 35 nafar talaba: nomdor stipendiatlar, imtiyozli diplomlilar va nogironligi bor talabalar qabul qilindi. 155 nafar talabaning 84 nafari davlat granti asosida va 74 nafari to‘lov-kontrakt asosida o’qimoqda.