All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Yaratilayotgan imkoniyatlar-yoshlarga ko’mak

   Bugungi kunda hayotga izchillik bilan tatbiq etilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati yoshlarning zamon talablari darajasida ta’lim olishi, o‘sib-ulg‘ayishi, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, o‘zining qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlariga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli […]

HAMKORLIK ALOQALARI DAVOM ETMOQDA

  2024-yilning 22-aprel kuni NDPI Ingliz tili va adabiyoti fakulteti yaqin qardosh xalqlar bilan zamonaviy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini o’rnatish hamda ularni mustahkamlash maqsadida Qozog’iston davlati Shimkent shahrida joylashgan Markaziy Osiyo innovatsion universitetidan tashrif buyurgan ikki nafar professor-o’qituvchilarga mezbonlik qildi. Mazkur tashrifning ilk kunida ikki nafar o’qituvchi – filologiya fanlari nomzodi, dotsent Gurbanova Arzu Arifovna […]

“Yosh kitobxon” tanlovi nihoyasiga yetdi

 Navoiy davlat pedagogika institutida “Yosh kitobxon” tanlovi nihoyasiga yetdi. Kuchli bahs-munozara va fikr-mulohazalarga boy tarzda kechgan tanlovda — g’oliblikni Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining “Ko‘hinur” jamoasi qo‘lga kiritib, 9 mln. so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi. 2-o‘rin Ingliz tili va adabiyoti fakultetining “Diamond” jamoasiga nasib etdi hamda 6 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Faxrli 3-o‘ringa […]

Talabalar o‘rtasida sport sinovlari start oldi

 Davlatimiz rahbarining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qaroriga asosan joriy yilning 22-apreldan 22-mayga qadar 2-bosqichda Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkaziladi. Musobaqani rasmiy ochilish marosimi Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tdi. So‘ng talabalar 2000, 3000 va 100 metr yugurish bahslarida bellashdilar.  

Davlatimiz rahbari Jizzax viloyatiga tashrifi to’g’risida

 Joriy yilning 8-9 aprel kunlari Prezident Shavkat Mirziyoev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrifning birinchi manzili Forish tumanidagi “Basalt Uzbekistan” klasteri bo’ldi. Prezident Shavkat Mirziyoev Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida qurilayotgan “Yangi O’zbekiston” massivini borib ko’rdi.  Prezident SHavkat Mirziyoevga Jizzax viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investisiya loyihalari taqdimot qilindi.  O’zbekiston Prezidenti Jizzax viloyatiga tashrifi chog’ida sanoat va […]

NAZORAT KAMERALARI TEKSHIRILDI

   Oliy taʼlim tizimini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish va tizimda korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari institutning barcha fakultetlarida, jumladan Tarix, Rus va qozoq filologiyasi, Ingliz tili va adabiyoti, Fizika-texnologiyalar va Matematika-informatika fakulteti binolarida oʻrnatilgan videokuzatuv kameralarini nazorat qilishdi. Nosoz va noto‘g’ri o‘rnatilgan kuzatish vositalarini […]

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

  2024-yil 19- aprel kuni Navoiy davlat pedagogika instituti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Fizika fanini axborot va innovatsion texnalogiyalar muhitida zamonaviy tendinsiyalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Ushbu nufuzli konferensiya fizika fanini zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida o‘qitishning muommo va yechimlarini o‘rganish, talabalarga zamonaviy o‘qitish usullarini […]

Respublika oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi

Buxoro davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida Respublika oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nasiba Tursunova hamda Tibbiyot fakulteti dekan o‘rinbosari Hilola Rahmatovalar ham faol ishtirok etishdi.

O‘zbekiston-Ispaniya Oliy ta’limdagi xalqaro hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 15-aprel kuni Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston-Ispaniya oliy ta’lim muasassalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Navoiy davlat pedagogika instituti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig’i Moxichexra Sayidova hamda Zebiniso Tuychiyevalar ishtirok etib, Ispaniya oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha fikr almashdilar.  

Mahalla va OTM hamkorligi  davom etmoqda

 Yoshlarning  bo‘sh vaqtini ularning salomatligi, kelajagi uchun asqotadigan mashg‘ulotlar bilan band qilish maqsadida, Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakultetida talaba yoshlarni joriy yilning 18-aprel kuni «Yangiariq» MFY yoshlar yetakchisi Shukurov Jasur hamda «Janubiy» MFY yetakchisi Tojiyev Jahongirlar bilan hamkorlikda fakultet yoshlari bilan do’stona volleybol va shaxmat musobaqalari tashkil etildi. Unda mahalla yoshlar yetakchilari esdalik sovg’alar […]