All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

  2024-yil 19- aprel kuni Navoiy davlat pedagogika instituti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Fizika fanini axborot va innovatsion texnalogiyalar muhitida zamonaviy tendinsiyalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

Ushbu nufuzli konferensiya fizika fanini zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida o‘qitishning muommo va yechimlarini o‘rganish, talabalarga zamonaviy o‘qitish usullarini tanitish, shuningdek, fizika fanining nazariyasi va amaliyoti o‘rtasidagi cheklanuvchanliklarni kamaytirish uchun hamkorlikni rivojlantirishni hamda fizika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni samarali qo‘llash, o‘qitish usullarini rivojlantirish, zamonaviy yondashuvlarni o‘rganishni, ularda ilmiy va amaliy ishlar olib borish masalalari ko’rib chiqildi. Konferensiyaga  nafaqat yurtimizdan balki qo’shni mamlakatlar olimlari, yurtimizning turli nuqtalaridan 100 dan ortiq sohaning prafessor-o’qituvchilari hamda yosh tadqiqotchilar tashrif buyurdilar.

 

Konferensiyada xorijiy mamalakatlardan 10 ga yaqin,  yurtimiz olimlari tomonidan 120 dan ortiq maqolalar kelib tushdi va ularning 100 tasi qabul qilindi. Konferensiyaga qabul qilingan har bir maqola uchun DOI raqam olindi hamda, bir nechta xalqaro bazalarda indekslandi. Xususan, Polshaning Index Copernicus, Yevropaning Zenodo hamda Open Aire, Rossiyaning Cyberleninka, Angliyaning Europub bazalariga joylashtirildi va Google akademiya ilmiy qidiruv tizimida indekslandi. Konferensiya materiallarining xalqaro bazalarda indekslanganligi avvalo ulardan dunyoning ko’plab davlatlaridagi ilmiy tadqiqotchilar foydalanishiga imkon yaratsa, ikkinchidan universitetning  xalqaro reytinggini, qolaversa, yurtimizning xalqaro hamjamiyatdagi o’rnini yanada oshirishga zamin yaratadi.

Ishonchimiz komilki, konferensiya natijalari nafaqat yangi bilim va istiqbollarni olib kelishga, yoshlarni oʻzaro tajriba almashishga, yangi axborot va innovatsion texnalogiyalardan foydalanish kabi dolzarb gʻoya va loyihalarni roʻyobga chiqarish uchun xizmat qiladi.