loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Axborot-resurs markazi fondi yangi kitob bilan boyidi

   Buxoro davlat universiteti professori Bayramali Qilichev otasi Ergash Qilichevning »So’z sehri» nomli kitobini kutubxona markaziga taqdim etdi. Ushbu jarayonda rektor maslahatchisi Bahodir Abdullayev, birinchi prorektor Xurshid Qurbonov, jamoatchilik kengashi raisi Botir Zaripov, ARM direktori Xamza Ortiqov va ishchi xodimlari bilan birgalikda kitoblarni qabul qilib oldilar.

Navoiy viloyatida oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari yakunlandi

   Imtihonlar Navoiy shahridagi Sugʻdiyona va Kimyogar o’yingohlarida o’tkazilib, bugun o’z nihoyasiga yetdi. Mazkur test jarayonlariga Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati, xususan, institutimiz rektori Bahodir Sobirov boshchiligida professor-oʻqituvchilar, kasaba qo’mitasi raisi Normurod Bekmurodov, fakultet dekanlari va ularning oʻrinbosarlari, tyutorlar birgalikda munosib xizmat qildi. Ular Milliy gvardiya, Ichki ishlar xodimlariga tartib-intizomni saqlashlarida yordam berib, imtihon adolatli […]

«InnoWeek — 2022» hududiy innovatsion koʻrgazmalar yarmarkasi

  Joriy yilning 18-avgust kuni  Navoiy shahridagi Yoshlar markazida Innovatsion rivojlanish vazirligi va Navoiy viloyat hokimligi hamkorligida ko’rgazmali yarmarka tashkil etildi.     Ushbu ko’rgazmada Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida professor-oʻqituvchilar, magistrant va talabalar oʻzlarining startap loyihalari bilan ishtirok etdi.

Yana bir talabamiz Farida Soliyeva kumush medalni qo’lga kiritdi

    Yengil atletika bahslarida Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi, O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Farida Soliyeva 400 metrga yugurish dasturida 54.07 natija bilan marra chizig’ini ikkinchi bo’lib kesib o’tdi. Ahamiyatlisi, bu natija bilan talabamiz eng yaxshi ko’rsatkichni yangiladi.

Navoiy viloyatida oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari boʻlib oʻtmoqda

   2022/2023 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari 8-avgustdan 20-avgust kuniga qadar davom etadi. Imtihonlar Navoiy shahridagi “Sugʻdiyona” va «Kimyogar» o’yingohlarida o’tkazilmoqda. Kirish test sinovlari ikki smenada: 1-smena – 07:00 dan 10:00gacha, 2-smena – 19:00 dan 22:00ga qadar davom etadi. Mazkur jarayonlarga Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida professor-oʻqituvchilar, dekan va dekan […]

Azizbek Ortiqov Jahon chempionatida kumush medalni qo’lga kiritdi

   Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Azizbek Ortiqov Jahon chempionatida kumush medalni qo’lga kiritdi. Ekvadorning Guayakil shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi. Unda 63 davlatdan jami 373 nafar dzyudochilar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Azizbek Ortiqov 66 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, […]

Nuroniylar va yoshlar uchrashuvi

   Joriy yilning 11-avgust kuni   institutida nuroniylar va yoshlar uchrashuvi  bo’lib o’tdi. Uchrashuv mehmonlari — Prezident administrasiyasi vakillari, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o’rinbosari Shuhrat Uzoqov, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o’rinbosari Azizbek Ikramov, Navoiy viloyat hokimi o’rinbosari Yashin Do’shanov, viloyat prokurori Baxtiyor Axmedov hamda tashkilot rahbarlari dastlab institut tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyida bo’ldilar.      […]

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari adolatli va shaffoflik tamoyillari asosida oʻtkazilib yakunlandi

  Joriy yilning  5-avgust sanasida Cholg’u ijrochiligi 40 nafar, Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi 176 nafar va Musiqa taʼlimi 20 nafar abituriyent ijodiy imtihonlarni topshirdi. Shuning bilan, 2022/2023 o‘quv yili uchun kasbiy, ijodiy imtihonlar yakunlandi. Endi oldinda abituriyentlarni yanada hayajonli daqiqalar kutib turipti, yaʼni test sinovlari boshlanish arafasida.Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz. Talabalik baxti barchaga nasib […]

Navoiy davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

   Joriy yilning 2-avgust kuni Musiqa ta’limi (sirtqi) 50 nafar, Professional ta’lim: dizayn 70 nafar hamda Jismoniy madaniyat (sirtqi) yo‘nalishda 387 nafar jami 507 nafar abiturient kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirmoqda. Abiturientlar ijodiy imtihon natijalari bo‘yicha institut qabul komissiyasining apellyasiyalar bilan ishlash hay’atiga imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat faqat […]