loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

   Joriy yilning 2-avgust kuni Musiqa ta’limi (sirtqi) 50 nafar, Professional ta’lim: dizayn 70 nafar hamda Jismoniy madaniyat (sirtqi) yo‘nalishda 387 nafar jami 507 nafar abiturient kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirmoqda.

Abiturientlar ijodiy imtihon natijalari bo‘yicha institut qabul komissiyasining apellyasiyalar bilan ishlash hay’atiga imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat faqat o‘zlarining to‘plagan ballari yuzasidan  qabul qilinadi.Imtihon topshirish niyatida kelgan abiturientlar va ularning ota-onalari, yaqinlari jarayonlar ochiq, holis, shaffof o‘tayotganini ko‘rib farzandlari, yaqinlari talaba bo‘lishlik baxtiga muyassar bo‘lishlariga ishonch hosil qilishmoqda.

  

Ushbu jarayonlarni adolatli o‘tkazishda mas’ul hamda munosib hissa qo‘shayotgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xodimlari, Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari,institut rahbariyati va xodimlari, sog‘liqni saqlash tashkilot xodimlari, OAV, jurnalist va blogerlar hamda jamoatchilik nazoratiga mas’ullarning tunu kun mashaqqatli mehnati natijasida, desak hato qilmagan bo‘lamiz.

  

Shu o‘rinda, barcha abiturientlarga talaba bo‘lishlik baxti nasib etsin. Ularga omad va zafarlar tilab qolamiz!