Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Azizbek Ortiqov Jahon chempionatida kumush medalni qo’lga kiritdi. Ekvadorning Guayakil shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi. Unda 63 davlatdan jami 373 nafar dzyudochilar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Azizbek Ortiqov 66 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, finalga qadar mag‘lubiyatsiz yetib bordi. U jahon chempionligi uchun kechgan murosasiz bellashuvda tojikistonlik Nurali Emomaliga imkoniyatni boy berib,kumush medal sohibiga aylandi.
Azizbek erishayotgan natijalari bilan institut jamoasi faxrlanadi va kelajakda Olimpiada chempioni bo’lish baxti nasib etishini tilab qoladi!