loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

RASMAN:BUGUN QABUL YAKUNLANADI!

Rasman: bugun qabul yakunlanadi! 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bugun 23:59 ga qadar amalga oshiriladi. Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.     @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

TALABA ISROILOV NURSHOHRUH OSIYO CHEMPIONATIDA G’OLIB BO‘LDI

 Joriy yilning 11-22 iyun kunlari Qirgʻiziston Respublikasida jang san’ati bo‘yicha 8-Xalqaro festival — Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Kuchli sportchilar ishtirok etgan musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti 2-bosqich talabasi Nurshohruh Isroilov 85 kg. vazn toifasida oltin medalini qoʻlga kiritdi. Malumot o‘rnida, Nurshohruh 3 karra Osiyo chempioni, 2 karra Jahon kubogida oltin va kumush medallarini […]

Respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

  Navoiy davlat pedagogika institutida “Jadid namoyondalari ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjuman Davlat madhiyasi sadolari bilan boshlandi. Tarix fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanni Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov ushbu anjumanning ahamiyati, dolzarbligi, maqsadi haqida fikrlarini bildirdi. “Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, “Oʻz mohiyat eʼtiboriga […]

Turkiya Respublikasining nufuzli universiteti bilan hamkorlik

  Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov Turkiyaning Anqara Hoji Bayram Valiy universiteti  professori Emrah Yilmaz bilan uchrashib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik, xususan, o‘quv va ilmiy-tadqiqot masalalalari va kelgusidagi rejalar haqida fikrlashdilar. Chet ellik olim Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi sirtqi bo‘lim 1-kurs talabalariga 14 soatlik dars mashg‘ulotini olib borib, kafedra professor-o‘qituvchilari bilan xalqaro […]

Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi. O’zgarishlar bor. 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi. 5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda. Buni bilish uchun yuqoridagi […]

Matematika-informatika fakultetida futbol bo‘yicha talabalari o‘zaro bellashishdi

  NavDPI “Matematika-informatika” fakultetida talaba yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ular orasida ezgulik, olijanoblik, do‘stlik, hamjihatlik kabi umuminsoniy g‘oyalarni targ‘ib qilish maqsadida sport o‘yin turlaridan biri bo‘lgan futbol bo‘yicha Sirtqi ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari o‘zaro bellashishdi. O’yin natijalariga ko’ra: 1-o’rinni A1-guruh 2-oʻrinni A7-guruh 3-o’rinni A4-guruh 3-o’rinni A6-guruh

Professor-o‘qituvchilarning xorijiy oliy ta’lim muassasalariga malaka oshirish kurslari davom etmoqda

 NavDPI va Nazarboyev universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandum asosida Boshlang’ich ta’lim kafedrasi mudiri M.Ernazarova va bir nechta o‘qituvchilar Nazarboyev universitetida malaka oshirish kursida ishtirok etdilar. Kurs davomida turli yo’nalishdagi mavzular bo’yicha dars mashg’ulotlari olib borilib, tinglovchilar ta’lim jarayonlariga doir masalalarda o’zaro fikr almashdilar va o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar. “Nazarbayev universitetida malaka oshirish jarayonida o’rgangan yangiliklar va […]