loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

  Navoiy davlat pedagogika institutida “Jadid namoyondalari ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjuman Davlat madhiyasi sadolari bilan boshlandi.

Tarix fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanni Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov ushbu anjumanning ahamiyati, dolzarbligi, maqsadi haqida fikrlarini bildirdi.

“Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, “Oʻz mohiyat eʼtiboriga koʻra noyob ijtimoiy-siyosiy fenomen boʻlgan jadidchilik gʻoyasining shakllanishi va taraqqiyotiga doir dunyoning bir qator mamlakatlarida koʻplab tadqiqotlar yaratilgan boʻlsa-da, ushbu harakat namoyandalarining Markaziy Osiyo hududida milliy davlatchilik va mintaqaviy oʻziga xoslikni, fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga qoʻshgan ulkan hissasini konseptual va tizimli asosda atroflicha oʻrganish dolzarb masala boʻlib qolmoqda”.

Tarix fakulteti “Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi” kafedrasi  tomonidan oʻtkazilgan anjumanda Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilari, tyutorlari va talabalari, shu bilan birga Qarshi va Buxoro davlat universitetlari o‘qituvchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, onlayn tarzda AQSH, Germaniya oliy taʼlim muassasalari olimlari ishtirok etishdi.

“Jadid namoyondalari ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi oʻrni va ahamiyati” mavzusiga bag’ishlangan ilmiy anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Senati a’zosi Tulekova Ziba Tolibekovna, senator, Qarshi davlat universiteti professori Abdurahim Erkayevlar ishtirok etib, “Jadid ma’rifatparvarligi – uchinchi renessans debochasi” mavzusida ma’ruza qildilar.