loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Professor-o‘qituvchilarning xorijiy oliy ta’lim muassasalariga malaka oshirish kurslari davom etmoqda

 NavDPI va Nazarboyev universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandum asosida Boshlang’ich ta’lim kafedrasi mudiri M.Ernazarova va bir nechta o‘qituvchilar Nazarboyev universitetida malaka oshirish kursida ishtirok etdilar. Kurs davomida turli yo’nalishdagi mavzular bo’yicha dars mashg’ulotlari olib borilib, tinglovchilar ta’lim jarayonlariga doir masalalarda o’zaro fikr almashdilar va o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.

“Nazarbayev universitetida malaka oshirish jarayonida o’rgangan yangiliklar va o’quv jarayoniga aloqador metodikalarni o’z faoliyatim davomida o’quv jarayoniga tadbiq etishni maqsad qildim”, – deydi prof. M.Ernazarova.

Ma’lumot uchun, Nazarboyev universiteti (NU) — Qozogʻiston poytaxti Nur-Sultondagi avtonom tadqiqot universiteti. Qozogʻistonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning tashabbusi bilan 2010-yilda tashkil etilgan.