All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Shaxnoza Bozorova Jahon chempionatida kumush medalni qo’lga kiritdi

Shu yilning 23-28-noyabr kunlari Hindistonning Puna shahrida bo’lib o’tgan kurash bo’yicha jahon chempionatida Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi Shaxnoza Bozorova +70 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, 2-o’rinni egalladi. Institut rahbariyati talabamizni, uning yaqinlari va ustozlarini qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklaydi. O‘qish hamda sport sohasidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilab qoladi.

Darslarda qo‘llanadigan interfaol metodlar

 So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni ta’lim beruvchi tomonidan o‘zlashtirilib va qo‘llanib borilishi, ta’lim mazmunini tubdan o‘zgartirib yubordi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Institutning Rus va qozoq filologiyasi fakultetida, Rus tili va adabiyoti kafedrasi stajyor-o‘qituvchilari: D.T. Kamolova, N.B. Sharopova, A.B. Kasimov va O.D. Barnoevlar tomonidan […]

Talabamizni va fakultet jamoasini ushbu muvaffaqiyatli g’alaba bilan tabriklaymiz!

  Rus tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi 2- kurs talabasi Qayumova Nodira Karim qizi (ilmiy rahbar- dosent D.M.SHamsieva) 2021-2022- o’quv yili uchun o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovida g’olib deb topildi! Talabamizni va fakultet jamoasini ushbu muvaffaqiyatli g’alaba bilan tabriklaymiz! Kelgusidagi o’qish va ishlarida omad tilaymiz!  

Navoiy davlat pedagogika institutida «Yashil makon» umummilliy loyihasi amalda

 Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti yer-maydonida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamkorligida «Yashil makon» umummilliy loyihasi bo’yicha “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur loyiha doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i Axror Mustapaev, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi mas’ul vakillari, institut rahbariyati, […]

KITOBXONLIK BUYUK KELAJAK KAFOLATIDIR

  Kitob − umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo’lguvchi sodiq do’st. Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitobdek qudratga ega vosita topilmas. Shu bois azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o’qishga, undan ilmu odob sirlarini o’rganishga chorlab kelishgan. Darhaqiqat, kitob insonni erdan […]

 Akademik mobillik dasturlari asosida talabalar Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon universitetlarida oʻqitiladi

 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Navoiy viloyatiga keldi. Abduqodir Toshqulov Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilar hamda talabalar bilan muloqot qildi. Yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.    Keyingi yillarda oliygohda taʼlim sifatini yanada oshirish, malakali kadrlar tayyorlash, institutda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va qurilish ishlari, shu jumladan institutining 6 ta oʻquv binosi hamda 3 ta […]

Respublika ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi

  Navoiy davlat pedagogika institutida “Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida oʻqitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Anjumanni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Ilhom Nasriddinov kirish so‘zi bilan ochib, konferensiya ishi va ishtirokichilariga omad tiladi. Anjuman offlayn va onlayn formatlarda tashkil etilgan bo‘lib, unda Respublikamizning taniqli olimlari […]

«Yil ayoli» g’oliblari taqdirlandi

  Mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o’zlari faoliyat ko’rsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo’lgan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ilg’or tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” tanlovi o’tkazib kelinyapti. «Yil ayoli»  ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichida Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika – astronomiya kafedrasi dotsenti Shaxlo Toshpulatovna ishtirok […]

Birinchi bosqich magistrantlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

  Institutda birinchi bosqich magistrantlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Ilhom Nasriddinov va magistratura bo’limi boshlig’i Nodira Murodovalar tomonidan olib borildi. Uchrashuvda magistratura to’g’risidagi nizom, hemis dasturi, ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishi, odob-axloq qoidalari to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, magistrlarning ikki yillik ilmiy-pedagogik faoliyatini samarali olib borilishi borasida tavsiyalar, ilmiy […]

22-noyabr — Xalqaro psixologlar kuni

   “Hayot sen bilan goʻzal” mavzusida institut psixologi Dilfuza Abduraimovaning “Yashash uchun 1001 sabab” nomli psixologik seminar-treningi oʻtkazildi. Seminar-treningda institut rahbariyati, tyutorlar, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimlari ishtirok etdilar. Trening juda qiziqarli va kayfiyat ulashuvchi mashqlarga, psixologik oʻyinlar va viktorinalarga boy boʻldi. Shuningdek, seminar davomida “kofe-breyk” tashkil qilindi.