loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Yil ayoli» g’oliblari taqdirlandi

  Mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o’zlari faoliyat ko’rsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo’lgan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ilg’or tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” tanlovi o’tkazib kelinyapti.

«Yil ayoli»  ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichida Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika – astronomiya kafedrasi dotsenti Shaxlo Toshpulatovna ishtirok etib, “Eng yaxshi olima ayol” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, Navoiy davlat pedagogika instituti «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy davlat organi (tashkiloti)» nominatsiyasi bo’yicha II darajali Diplom bilan taqdirlandi. Diplom viloyat Xotin-qizlar masalalari bo’yicha hokim o’rinbosari Malika Mamadiyarova tomonidan, institut Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslaxatchisi Nasiba Tursunovaga topshirildi.