Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti yer-maydonida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamkorligida «Yashil makon» umummilliy loyihasi bo’yicha “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur loyiha doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i Axror Mustapaev, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi mas’ul vakillari, institut rahbariyati, fakultet dekanlari, ekologiya xodimlari hamda ko’ngilli jamoa faol ishtirok etib, barcha binolar hududida jami 2000 dona manzarali va mevali daraxtlar ekildi.