All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlari uchun ajratilgan qo‘shimcha kvota asosida NavDPIga o‘qishga tavsiya etilgan talabalar

   Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2023-yil 11-sentyabrdagi bayoniga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlari uchun ajratilgan qo‘shimcha kvota asosida NavDPIga o‘qishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati. RO‘YXAT  Talabalardan kerakli hujjatlarni  fakultetingizga olib borishingiz so‘raladi. Fakultetlarning joylashuv manzili bu yerda 

CYBER WEEK IN NAVAI

  Navoiy viloyatida 18-25-sentyabr kunlari kiberjinoyatchilikning oldini olish va fuqarolarni kibertahdidlardan ogoh qilishga yo’naltirilgan haftalik bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan Navoiy davlat pedagogika institutida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakillari, fakultet tyutorlari, mahalla faollari hamda talabalar ishtirokida targ’ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda mas’ullar kiberjinoyatlarning sodir etilishi, uning turlari, shu bilan birga […]

Xorijlik professor talabalarga seminar oʻtdi

   Navoiy davlat pedogogika instituti Tibbiyot fakultetida “Markaziy Osiyoda biologik, radiologik va bakterologik kimyoviy vositalardan himoya qilish“ mavzusida seminar tashkil qilindi. Gruziyadan kelgan professor Lela Bakanidze va koordinator Nargiza Usmanovalar 1-2-kurs talabalariga mavzuga oid maʼruza va seminar darsi oʻtishdi.

YOSHLARIMIZ INNOVATSION YONDASHUVGA EGA YETUK KADR BO‘LISHI KERAK

  NavDPI prorektori X.Qurbonov 20-sentabr kuni “Fizika-texnologiya” va “Matematika-informatika” fakultetida talabalarni ertalabki kutib olish jarayonlarida ishtirok etib, tyutorlarning kunlik ish faoliyati bilan tanishdi. «Ayrim yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmati, ona Vatanga sadoqati pastligi sababli ular orasida turli yot g‘oyalarga ergashish, huquqbuzarlik va jinoyatchilik kabi salbiy holatlar kuzatilmoqda. Hozirda yoshlar bilan ishlash masalasi har qachongidan […]

Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori bilan uchrashuv

  Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov bilan institut  rektori Bahodir Sobirov uchrashuv o‘tkazdi.     Uchrashuv davomida yangi qurilayotgan kampus haqida ma’lumot berildi. Institut faoliyatini o’rganish jarayonida dastlab Majid Karimov hamda viloyat mas’ul xodimlari «Inkubatsiya […]

“TALABALAR LIGASI“ SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI

Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari oʻrtasida “Talabalar ligasi“ sport musobaqalari boshlandi. Unda fakultetlarning talabalaridan iborat jamoalari stol tennisi, shaxmat, basketbol, mini futbol, voleybol sport turlari boʻyicha oʻzaro bellashadi. Ochilish marosimida NavDPI va NavDKTU rektorlari B.Sobirov, B.Mardonov, Navoiy viloyat teleradikompaniyasi direktori Gʻ.Sultonov, viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshligʻi O.Raxmonov hamda hamkor tashkilot masʼullari ishtirok etib, […]

Xorijiy tillar boʻyicha oʻquv kurslari avvalida seminar boʻlib oʻtdi

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-fevraldagi xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutda magistratura bosqichiga 2023-yilning yanvarida qabul qilingan 85 nafar talabalarning taqdim etgan sertifikatlari asosida til bilish darajasini aniqlash va natijaga ko‘ra tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni olishga tayyorlaydigan o‘quv kurslari bo‘lib […]

Bilimdonlar kutgan vaqt keldi

   Navoiy shahar Mahalla yoshlari o‘rtasidagi “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Zakovat intellektual o‘yinining koʻchalararo mahalla bosqichi bo’lib o’tdi.    Jami 75 nafar ishtirokchilar orasidan talabalarimiz, xususan Matematika-informatika fakultetining “Qolqon“ jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi hamda keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Navoiy davlat pedagogika institutida «Coursera», «Xalqaro IT sertifikat» va «COP» loyihalari bo’yicha targ’ibot ishlari olib borildi.

Talaba va yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish ularni IT ta’lim hamda xalqaro sertifikatlarni qo’lga kritishlari uchun Navoiy davlat pedagogika instituti Inkubatsiya va Akseleratsiya markazi menejerlari Oybek Abduraimov, Munisa Dilmurodova, E’zoza Islomova hamda matbuot kotibi yordamchisi Ziyonur Shuhratov tomonidan «Coursera», «Xalqaro IT sertifikat» va «COP» loyihalari bo’yicha Matematika-informatika, Maktabgacha va boshlang’ish ta’lim, O‘zbek tili va adabiyoti, […]