loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

CYBER WEEK IN NAVAI

  Navoiy viloyatida 18-25-sentyabr kunlari kiberjinoyatchilikning oldini olish va fuqarolarni kibertahdidlardan ogoh qilishga yo’naltirilgan haftalik bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan Navoiy davlat pedagogika institutida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakillari, fakultet tyutorlari, mahalla faollari hamda talabalar ishtirokida targ’ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda mas’ullar kiberjinoyatlarning sodir etilishi, uning turlari, shu bilan birga haftalik doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar, videoroliklar tanlovi, uning shartlari yuzasidan batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, tadbir qatnashchilari tanlovda faol ishtirok etishga va kiberjinoyatlar hamda firibgarlardan hamisha ogohlikka chaqirildi.

  

Korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasizlik madaniyatini shakllantirish, ularning ilmiy-kasbiy hayotda korrupsiyani oldini olish va bartaraf etish boʻyicha amaliy vositalar bilan taʼminlash yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ZOOM platformasi orqali seminar tashkil etildi.

Seminar tashkilotchilari — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jamoat xavfsizlik universiteti.

Mazkur seminarda NavDPI “Komplayens nazorat“ boʻlimi xodimlari, fakultet tyutorlari hamda 3-4 bosqich talabalari ishtirok etishdi.