loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

YOSHLARIMIZ INNOVATSION YONDASHUVGA EGA YETUK KADR BO‘LISHI KERAK

  NavDPI prorektori X.Qurbonov 20-sentabr kuni “Fizika-texnologiya” va “Matematika-informatika” fakultetida talabalarni ertalabki kutib olish jarayonlarida ishtirok etib, tyutorlarning kunlik ish faoliyati bilan tanishdi. «Ayrim yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmati, ona Vatanga sadoqati pastligi sababli ular orasida turli yot g‘oyalarga ergashish, huquqbuzarlik va jinoyatchilik kabi salbiy holatlar kuzatilmoqda. Hozirda yoshlar bilan ishlash masalasi har qachongidan ham mas’uliyatli vazifaga aylandi. Ayniqsa, oliy o‘quv yurti talabalari bilan ishlashda mavjud muammolar borligidan biz doimiy ravishda ogoh bo‘lmog‘imiz zarur. Bugungi talaba ertaga kuchli mutaxassis, ma’lum bir sohaning rivojiga hissa qo‘sha oladigan innovatsion yondashuvga ega yetuk kadr bo‘lishi kerak…”-dedi X.Qurbonov.