loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Buxgalteriya xodimlari bilan tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan soha vakillari — hisobchi xodimlari bilan yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishda har bir boʻlim xodimlarining lavozim vazifalari, mutaxassiligi koʻrib chiqildi. Har bir xodim oʻz lavozim vazifasini sidqidildan, adolatli, shaffof olib borishi, korrupsiya, nepotizm, tanish-bilishchilik kabi salbiy illatlarga yoʻl qoʻyilmasligi qattiq nazorat qilinishi taʼkidlandi. Shuningdek, yigʻilishda davlat […]

Institutning navbatdagi jurnali OAK ro‘yxatiga kirdi

lmiy jurnal O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK)ning rayosat qarori asosida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.

Sayyor qabulda fuqaro va ishchi xodimlarning murojaatlari oʻz yechimini topdi

Maʼlumki, haftaning har chorshanba kuni soat 14:00 dan 17:00 ga qadar Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonovning qabul kunlari boʻlib oʻtadi. Bugun institut rektori fuqarolar va ishchi xodimlarni qabul qilib, muammolariga ijobiy yechim berish maqsadida ularga amaliy yordamni koʻrsatdi. Jumladan, institut arxiv boʻlimi mutaxassisi M.Ravshanova 9 yildan beri Navoiy davlat pedagogika instituti 2-razryadda […]

Fuqarolar muammolari o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda

Navoiy viloyatini ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsadida viloyat hokimligi tomonidan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga, avvalo, ishsiz, norasmiy sektorda band boʻlgan va chet elga ishlash uchun ketgan fuqarolarni ish oʻrinlari bilan taʼminlash vazifasi yuklatilgan. Shundan kelib chiqib, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor M.Kalonovga ham Navbahor tumani “Sarbozor” MFY da yashovchi 64 nafar ishsiz fuqarolar […]

Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi

   Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan: yo‘nalish; oliy ta’lim muassasasi nomi; manzil; sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. P/S: Imtihonlar o‘tkaziladigan sana bo‘yicha tez orada qo‘shimcha xabar beriladi.

Kengash yig’ilishida muhim qarorlar qabul qilindi

Navoiy davlat pedagogika instituti kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Kengash yig’ilishida qator dolzarb masalalar ko’rib chiqildi va muhim qarorlar qabul qilindi. Yig’ilishini institut rektori, professor Muhiddin Kalonov olib bordi. Kengash kun tartibiga koʻra, ijro intizomi, 2023/2024 o‘quv yilida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili, Tibbiyot, Ingliz tili va adabiyoti, Rus va qozoq […]

Axborot-resurs markaziga o‘quv-metodik qo‘llanmalar topshirildi

Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Shamsutdinova Nigina Karimovna o’zining “Filosofiya” (rus) nomli darsligidan besh dona, hamda Ijtimoiy ish ta’lim yo`nalishi uchun  “Ijtimoiy falsafiy tafakkur tarixi” nomli o’quv qo’llanmasidan besh dona institut ARMiga topshirdi.

2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

Gerb — har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. Bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni! “O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g’risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10-sessiyasida qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan […]

Institut bo‘ylab tanishuv davom etmoqda

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdi. Axborot-resurs markazi 700 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilarga, 20 000 nafardan ziyod talabalarga, 3 ta mahalla fuqarolar yigʻinining 200 nafardan ortiq aholisiga xizmat koʻrsatuvchi yirik universal ilmiy kutubxona hisoblanadi. ARMning umumiy fondi 127000 mingdan ziyod bosma nashr mahsulotlaridan iborat boʻlib, shundan 43200 donasi darslik […]

Magistraturaga qabul boshlandi

2024-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi. 2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.