loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Sayyor qabulda fuqaro va ishchi xodimlarning murojaatlari oʻz yechimini topdi

Maʼlumki, haftaning har chorshanba kuni soat 14:00 dan 17:00 ga qadar Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonovning qabul kunlari boʻlib oʻtadi.

Bugun institut rektori fuqarolar va ishchi xodimlarni qabul qilib, muammolariga ijobiy yechim berish maqsadida ularga amaliy yordamni koʻrsatdi.

Jumladan, institut arxiv boʻlimi mutaxassisi M.Ravshanova 9 yildan beri Navoiy davlat pedagogika instituti 2-razryadda faoliyat olib boradi. Oliy maʼlumotga boʻlmaganligi sababli razryadini koʻtarish masalasi koʻrib chiqishilishi va ungacha oylik ustama haqi olib turishi tushuntirildi. Murojaati boʻyicha xodim ustama olishga rozi boʻlib, rahbariyatga minnatdorlik bildirdi.

Keyingi murojaatchi — 0.5 (yarim) stavkada AKT boʻlimida ishlovchi F. Rajabova boʻldi. Xodim oʻz murojaatida 0.5 stavkadan toʻliq shtatda ishlashini bildirdi. Ammo boʻlimda boʻsh lavozim boʻlmaganligi uchun hozircha oylik ustamasiga qoʻshimcha yana ustama belgilanishi va boʻsh shtat boʻlishi bilan toʻliq (1) stavkaga oʻtkazilishi tushuntirildi. Bu boʻyicha masʼullarga topshiriq berildi. Shuningdek, onlayn videodars tasvirga olish uchun tashkil qilingan studiyada jihozlar kerakligi aytildi va institut rektori tomonidan topshiriq berilib nazoratga olindi.

Keyingi murojaatchi X.Niyozova boʻlib, Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida soatbay asosida dars bergan. Murojaati boʻyicha oʻqituvchini yangi oʻquv yilidan asosiy shtatda ishga olish masalasi boʻyicha ko‘rsatma berildi.

Sh.Niyozova murojaati boʻyicha esa Turkiya Respublikasining Medipol universitetiga ilmiy stajirovkaga borishi uchun institut tomonidan unga mablagʻ ajratish masalasi ijobiy hal etildi.

Soʻng G.Bozorova Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekanatida ishlab kelgan. Murojaati bo‘yicha unga tyutorlik lavozimiga ishga oʻtkazish masalasi koʻrib chiqilishi aytildi, prorektorga topshiriq berildi.

2023-yilda “Umid” qoʻrgʻonidagi sport zalida taʼmirlash ishlarini olib borgan quruvchi T.Qurbonovga xizmat haqi toʻlab berilmagan. Zudlik bilan xizmat haqqini toʻlab berish boʻyicha institut rektori Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektorga yurist bilan birga shartnomalarni koʻrib, amaliy yordam berish topshirigʻi berildi.

Shuningdek, devonxona boʻlimida faoliyat yuritayotgan G.Saidovaga oylik ish haqiga qoʻshimcha ustama tayinlash masalasi hal etildi.