Navoiy davlat pedagogika instituti kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Kengash yig’ilishida qator dolzarb masalalar ko’rib chiqildi va muhim qarorlar qabul qilindi.
Yig’ilishini institut rektori, professor Muhiddin Kalonov olib bordi.
Kengash kun tartibiga koʻra, ijro intizomi, 2023/2024 o‘quv yilida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili, Tibbiyot, Ingliz tili va adabiyoti, Rus va qozoq filologiyasi, Jismoniy madaniyat fakultetlarida o‘quv-uslubiy, yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar hamda moliya-iqtisod sohalarida amalga oshirilgan ishlar asosiy masala sifatida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, turli masalalarda professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish, doktorlik dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbar tayinlash, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashiga hamda monografiya, risola va o‘quv adabiyotlarni nashrga tavsiya etish, institutda raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, malaka oshirish rejasiga kiritilgan rahbar va pedagog kadrlarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv faoliyati va attestatsiya natijalari tahlili hamda muddatli stajirovkaga borib kelganlarning yakuniy hisobotlari, magistratura va bakalavriat bosqichi talabalarini 2024/2025 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etish va boshqa masalalar tahlili ko‘rib chiqilidi, qaror loyihalari tasdiqlandi.
Kengashda bir qator mas’ullarning hisobotlari tinglanib, tegishli vazifalar belgilandi.