loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti kengashi

F.I.O.Zokirov Akmal Najmiddinovich
LavozimiKengash raisi
Telefon+998 79 225-19-37, +998 94 253-68-68
E-mailinfo@nspi.uz

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi maqsadi:

  • Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini  yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.
  • Ittifoqning asosiy vazifalari  quyidagilardan iborat:
  • barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni islohqilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiyongini yuksaltirish;
  • yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
  • yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
  •  iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb  qilish;
  • yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiyava sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
  • yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.

Ittifoqning to‘liq nomi:

  • O‘zbekiston yoshlar ittifoqi;
  • O`zbekiston yoshlar ittifoqi;
  •  Soyuz molodeji Uzbekistana;
  • Youth unity of Uzbekistan.

Ittifoqning tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

  • Ittifoqning Markaziy apparati;
  •  Ittifoqning hududiy tuzilmalari;
  •  Ittifoqning mahalliy tuzilmalari;
  •  Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari;
  •  Ittifoqning to‘liq muassisligidagi yoki qoshidagi korxona, tashkilot va muassasalar, shu jumladan ommaviy axborot vositalari.