loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoringi bo’limi

F.I.O.Mirzayev Abdujabbor Abdurahimovich
LavozimiBo‘lim boshlig`i
Telefon+998 90 732-46-64
E-mailinfo@nspi.uz

Buyurtmalar portfelini shakllantirish. bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoringi bo’limining maqsad va vazifalari:

  • Instittda tayyorlayotgan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o’rganish asosida ma’lumotlar bankini shakllantirish;
  • Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni institut kengashlarda muhokamaga qo’yish uchun kiritish, bu borada institutning tegishli bo’limlari bilan hamkorlik qilish;
  • Ta’lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko’maklashish, yosh mutaxasislarga bo’lgan talab ko’rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun “real buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish;
  • Institut joylashgan mintaqa va mamlakatimiz muassasa, korxona va tashkilotlarining kadrlarga bo’lgan real ehtiyojlari qondirilishiga institut faoliyatini yo’naltirish;
  • Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash va kadrlar salohiyatini samarali foydalanishni tashkil etish
  • Yosh mutaxasislardan kadrlar iste’molchilarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydalanishiga ko’maklashish;
  • Iste’molchilarni raqobatbardosh mutaxasislar bilan ta’minlash bo’yicha uzoq muddatli va yillik shartnomalar tuzish;
  • Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini e’tiborga olinishini ta’minlash;
  • Kadrlar tayyorlashda mutaxasislik kafedralari va iste’molchi korxonalar hamkorligiga, amaliyot ishlab chiqarishda tashkil etilishiga erishish;
  • Yosh mutaxasislarning mehnat faoliyati, malaka oshirishi va xizmat pog’onalaridan ko’tarilishi yuzasidan monitoring olib borish;
  • Har yili belgilangan muddatda vazirlikning maxsus komissiyasiga OTMning joriy yildagi bitiruvchilari to’g’risida ta’lim yo’nalishlari (mutaxasisliklar), ishga yo’llanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) kesimida shakllantirilgan ma’lumotlarni taqdim etish;
  • Mehnat bozori konyukturasini o’rganish, qabul ko’rsatkichlariga taklifni iste’molchilarning bitiruvchilarga bo’lgan real buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti,bitiruvchilarni ishga joylashtirish to’g’risidagi respublika ma’lumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni o’z vaqtida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish;
  • Pulli ta’lim xizmatlarini tashkil etish hisobiga bozor iqtisodiyoti sharoitida oliy ta’lim muassasasining raqobatbardoshliligini oshirish, moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, professor-o’qituvchilar, xodimlar tarkibini ijtimoiy himoya qilishga ko’maklashish;
  • Bitiruvchini ishga ta’minlashda iste’molchilar va mutaxasislik kafedralarining yosh mutaxasis to’g’risidagi tavsiya va takliflarini mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda e’tiborga olinishiga erishish.

Institutning har o’quv yili bitiruvchilarini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-92-son “2005/2006 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to’g’risida”gi qarorning 6-bandiga muvofiq va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2005-yil 6-avgustda 1506-raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Kadrlarni davlat granti asosida maqsadli tayyorlash tartibi to’g’risida”gi Nizom asosida va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2005-yil 14-oktabrdagi 225-sonli Davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga taqsimlash chora- tadbirlari to’g’risida”gi buyrug’iga asosan institut rahbariyati va mintaqadagi ta’limni boshqaruv organlari bilan  hamkorlikda o’tkazilib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2005-yil 30-noyabrdagi 258-son “Kadrlarni davlat granti asosida maqsadli tayyorlash, qabul va bitiruvchilarga respublika muassasalaridagi ehtiyoj va buyurtmalar asosida tegishli axborot bazasini yaratish bo’yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’iga asosan kadrlarga bo’lgan ehtiyojini aniqlashda har yili viloyat hokimligi iqtisodiyot boshqarmasi, xalq ta’limi boshqarmasi va o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim boshqarmalari bilan hamkorlikda har bir tuman va hududlar bo’yicha ma’lumotlar bazasi yaratiladi. NDPI mintaqadagi ta’limning boshqaruv organlari (Navoiy viloyati XTB va tuman bo’limlari, Buxoro viloyati XTB va tuman bo’limlari, Samarqand viloyati XTB va tuman bo’limlari va Navoiy viloyati MTB) bilan hamkorlikda kadrlarga bo’lgan ehtiyojni o’rganish bo’yicha shartnomalar tuzilgan. Ushbu shartnomalarga asosan mazkur ta’lim muassasalarining 2020-2024-yillar uchun pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyoji shakllantirilgan.

Davlat grantlari asosida o’qishga qabul qilingan talabalar bilan o’qishni tugatgandan keyin taqsimlangan ish joyida kamida uch yil ishlab berish bo’yicha ikki tomonlama shartnomalar muntazam ravishda tuzib kelinmoqda. To’lov-kontrakt asosida o’qiydigan talabalarga shartnoma to’lovlarini amalga oshirish uchun uch tomonlama shartnomalar imzolanib, shartnoma to’lovlarining vaqtida amalga oshirilishi nazorat qilib boriladi. Marketing bo’limi ta’lim xizmatlari bozorida istitut faoliyat ko’rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxasisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini istemolchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo’lg’usi  mutaxasis shaxsiga qo’yilgan talablarni bajarishga yo’naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg’a siljitish rag’batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko’rsatishga o’z vaqtida tayyorgarlik ko’rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish kabi ishlarni amalga oshirib kelmoqda.