loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Devonxona

F.I.O.Mamatova Dilnavoz Ibragimovna
LavozimiDevonxona mudirasi
Telefon+998 79 225-19-71
E-mailinfo@nspi.uz

Devonxona institutning tarkibiy tuzilmasiga kiradi va bevosita rektor boshqaruvida ish yuritadi.

Devonxonaning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar kiradi:

  • OTMsiga kiruvchi hujjatlarni to’g’ri hisobga olish, o’z vaqtida qayd etilishini tashkil etish;
  • OTMsiga kiruvchi hujjatlarni “edo.ijro.uz” tizimi orqali qayd etib, ijrochilarga yetkazilishini tashkil etish;
  • OTMsidan chiquvchi hujjatlarni “edo.ijro.uz” tizimi orqali to’g’ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
  • Rektor nomiga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish, qayd etish va ma’lum qilish uchun topshirish;
  • Rektor ko’rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun yuborish;
  • Rektor (prorektor) imzosi bilan yuboriladigan hujjatlar qayd etilib, to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;
  • Kiruvchi xat-xabarlarni, OTMsi rekvizitlari yozilgan bosmaxona blankalarini hisobga olib borish;
  • Ijro etilgan hujjatlarni yig’ma jildlarga tikib qo’yish;
  • Ish yuritishda tugallangan hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish.

Arxiv institutning devonxona tuzilmasiga kiradi va o‘quv  yillariga tasdiqlangan tashkiliy  tuztlmasiga muvofiq bevosita rektor boshqaruvida bo‘ladi. Arxivni rektor buyrug‘i bilan qabul qilingan arxiv mudiri boshqaradi. Arxiv tarkibiga tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq arxiv mudiri, arxivarius lavozimlari kiradi. Arxiv mudiri va uning tarkibidagi lavozimlar rektor tomonidan alohida tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalari asosida ish olib boradi.

Arxivning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar kiradi:

  • NDPI arxivi tashkilot hujjatlarini qabul qilish
  • Hisobga olish, saralash, ulardan foydalanish va davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlashdan iborat bo‘ladi.
  • Arxivga qabul qilingan yig‘majildlar va hujjatlarga fond tartib raqamlarini beradi;
  • Arxivda saqlanayotgan hujjatlarning ilmiy va amaliy qimmatini aniqlash uchun ekspertiza qilishni tashkil etadi, ish yuritish jarayonida hujjatlar qimmatini ekspertiza qilishda uslubiy yordam ko‘rsatadi;
  • Hujjatlarni davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan muddatlarda topshiradi.
  • Hujjatlardan foydalanishni tashkil qiladi va belgilangan tartibda ham manfaatdor tashkilotlarga, ham fuqorolarga ma’lumotnomalar, hujjatlardan ko‘chirmalar va nusxalar beradi;

Tashkilotning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda arxiv ishi va ish Yuritishda  hujjatlar bilan ishlash  bo`yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlar (yo‘riqnoma, tavsiya, nizom, saqlash muddatlari

ko‘rsatilgan hujjatlar ro‘yxati va boshqalar)ni ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularni O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari

bilan kelishib oladi; (O‘zR VM 18.03.2004y. 131-son Qarori tahriridagi band).