loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Magistratura bo’limi

F.I.O.Murodova Nodira Qulliyevna
LavozimiMagistratura bo'limi boshlig`i
Ilmiy darajasi va unvonii.f.d. professor
Telefon+998 79 225-29-54, +99890 739-59-37
E-mailinfo@nspi.uz

Navoiy davlat pedagogika institutida magistratura bo‘limi 2002-2003 yillarda tashkil etilgan.

 Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha oliy kasbiy ta’lim bo‘lib, bakalavrlik negizida kamida ikki yil (3 yil) davom etadi. Undagi tahsil yakuniy kvalifikatsion davlat attestatsiyasiga va magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan nihoyasiga yetkaziladi. Shu bilan birga institutning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, uzluksiz ta’limning yakunlovchi bosqichini davom ettirish mumkin. Magistratura bo‘limi o‘z faoliyatini  O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayrlash milliy dasturi”, Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari va 2015-yil 2-martda qabul qilingan “Magistratura to‘g‘risidagi” Nizomga muvofiq yuritmoqda.

Magistratura bo‘limida 2023/2024 o‘quv yilida jami 237 nafar talaba o‘qiydi. Shundan, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori tomonidan 1-kursda 18 ta mutaxassislik bo‘yicha 106 nafar talaba 2023-yil 30-avgustda, 2-kursda 14 ta mutaxassislik bo‘yicha  46 nafar talaba  2022-yil 30-avgustda va 1-kurs qishki qabulda 85 nafar talaba 2023-yil 31-yanvar oyida tasdiqlangan o‘quv reja asosida  tahsil olmoqda.

1-kursda 106 nafar talabadan  60 nafar talaba Davlat granti asosida va 46 nafar talaba to’lov – kontrakt asosida  tehsil oladi. 2-kursda 46 nafar talabaning 32 nafari Davlat granti asosida va  14 nafari to’lov – kontrakt asosida o’qiydi. 1-kurs qishki qabulda 85 nafar talabaning 38 nafari  Davlat granti asosida va 47 nafari talaba to’lov – kontrakt asosida  tahsil oladi. Davlat stipendiatlari, nomdor stipendiatlar, “Shuxrat” medali sohibalari, “Mard o’g’lon”, “Xalq ta’limi a’lochisi” kabi ko’krak nishoni sohib va sohibalari ta’lim olib, o’zlarining bilim va malakalarini yanada oshirishmoqda.

Joriy o‘quv yilida Magistratura bo‘limida 19 ta kafedra hamkorlikda faoliyat ko‘rsatmoqda. 2023-2024 o‘quv yilida institutning Magistratura bo‘limida tahsil olayotgan talabalarning 198 nafari xotin qizlar  tashkil etadi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risida” gi 447-son qaroriga muvofiq to’lov-kontrakt to’lovlari qoplab berilmoqda.

Magistrlik dissertatsiyalariga institut kafedralarining yetuk va ko‘p yillik pedagogik tajriba va ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari talabalarning o‘z arizalariga muvofiq ilmiy rahbar etib tayinlangan va tadqiqot ishi olib borilmoqda.

Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari qoidaga ko‘ra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga va aniq amaliy vazifalarni hal etishga qaratilgan.

Joriy o‘quv yilida Magistratura bo‘limida 17 ta kafedra hamkorlikda faoliyat ko‘rsatmoqda. 2022-2023 o‘quv yilida institutning Magistratura bo‘limida tahsil olayotgan talabalarning 338 nafari qiz bolalar bo‘lib, talabalar umumiy sonining  72,4 foizini tashkil etadi.

Magistrlik dissertatsiyalariga institut kafedralarining yetuk va ko‘p yillik pedagogik tajriba va ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari talabalarning o‘z arizalariga muvofiq ilmiy rahbar etib tayinlangan va tadqiqot ishi olib borilmoqda.

Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari qoidaga ko‘ra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga va aniq amaliy vazifalarni hal etishga qaratilgan.