loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Referendum — deputat — talabalar

 Navoiy davlat pedagogika institutida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar muhokamasiga bag’ishlangan targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati Bahodir Sobirov va Respublika “Maʼnaviyat targ’ibotchilari jamiyati” aʼzosi X.Qurbonov tomonidan Konstitutsiyaga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar, yangi qonun moddalarining mazmun va mohiyati toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi. Talabalarning ijodiy faoliyatlaridan sherlar oʻqilib, tadbirga ko’taringilik ulashildi.

TAYINLOV

 Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining tegishli buyrugʻi bilan Qurbonov O’ktam Davronovich Bosh hisobchi lavozimiga tayinlandi. Oʻ.Qurbonov 1969-yil Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tavallud topgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi: iqtisodchi. 2005-yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar Oʻktam Qurbonov Karmana tumani qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejida bosh hisobchi, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim boshqarmasida bosh hisobchi, Oʻzbekiston […]

TAYINLOV

 Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining tegishli buyrugʻi bilan Norbekov Azamat Ostanqulovich Matematika-informatika fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. A.Norbekov 1979-yil 27-iyunda Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini bakalavr, 2010-yil magistratura bosqichlarini tamomlagan. Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). Mazkur tayinlovga qadar Azamat Norbekov informatika kafedrasi katta oʻqituvchisi lavozimida faoliyat olib borgan. […]

Konstitutsiya bo’yicha referendum bo‘yicha ma‘ruza

  Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti Raxmatov Murod G‘aybullayevich Markaziy bank Navoiy viloyati boshqarmasi, Navoiy shahar va Karmana tumani tijorat banklari xodimlariga Yangilanayotgan konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati va joriy yilning 30-aprelida bo‘lib o‘tadigan Referendum bo‘yicha ma‘ruza qilib tushuntirishlar berdi.  

BOSH QOMUSIMIZ – TINCHLIGIMIZ VA FAROVON TURMUSHIMIZ ASOSI

 Navoiy viloyati soliq boshqarmasida 2023-yil 28-mart kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga oid tadbir tashkil etildi. Targ‘ibot tadbirida viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi hamda ZOOM platformasi orqali tuman va shahar soliq inspeksiyalari xodimlari ham ishtirok etdi.    Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti Murod Raxmatov “Yangi O‘zbekistonda yangilanayotgan konstitutsiya” […]

REFERENDUM VA YOSHLAR

  O‘zbekiston Respublikasida “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonun dastlab 1991-yil 18-noyabr kuni qabul qilingan bo‘lib, mazkur Qonun yillar davomida xalqaro tajribani, qolaversa, O‘zbekiston Respublikasida orttirilgan amaliy tajribalarni inobatga olgan holda 2001-yil 30-avgust kuni yangi tahrirda qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining referendumi O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim […]

Yoshlarning milliy qadriyatlarga munosabati mavzusida davra suhbati

  Joriy yilning 24-mart kuni institutining  Tarix fakultetida 2-kurs talabalari ishtirokida “Yoshlarning milliy qadriyatlarga munosabati” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida fakultet tyutorlari bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash […]

“Referendum: Oʻzbekiston — ijtimoiy, huquqiy davlat»

  Yurtimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar » inson – jamiyat – davlat» degan tamoyilini konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Navoiy davlat pedagogika institutida “Referendum: Oʻzbekiston — ijtimoiy, huquqiy davlat» mavzuida uchrashuv bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda targ’ibotchilar — NavDPI rektori Bahodir Sobirov, birinchi […]

Oliy taʼlim tizimidagi yutuq, muammo va ularning yechimlari muhokama qilindi

  Navoiy davlat pedagogika institutida «Традиции и новации в профессиональной подготовке и деятельности педагога» (Oʻqituvchining kasbiy tayyorgarligi va faoliyatidagi anʻanalar va innovatsiyalar) mavzusida V anʼanaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi Onlayn formatda oʻtkazilgan konferensiyaning yalpi yigʻilishida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Gʻ. Yodgorov institut rektori B. Sobirovning anjuman qatnashchilariga yoʻllagan tabrik soʻzini yetkazdi. Konferensiyada Ilmiy tadqiqot […]

Har kuning bo‘lsin Navro‘z

   Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan el-yurtimiz uchun go‘zal an’ana  hisoblanadi. Xalqimizning ko‘p asrlik ezgu qadriyatlarini, uning orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan ushbu qutlug‘ ayyom mustaqillik yillarida mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elatlarga mansub barcha vatandoshlarimiz uchun umumxalq bayramiga aylandi. Joriy […]