O‘zbekiston Respublikasida “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonun dastlab 1991-yil 18-noyabr kuni qabul qilingan bo‘lib, mazkur Qonun yillar davomida xalqaro tajribani, qolaversa, O‘zbekiston Respublikasida orttirilgan amaliy tajribalarni inobatga olgan holda 2001-yil 30-avgust kuni yangi tahrirda qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining referendumi O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida yangilangan Konstitutsiya jamiyatimiz hayotining barcha yoʻnalishlarini kompleks tartibga solish hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yoʻlida eng muhim huquqiy poydevor boʻlib xizmat qilishi, konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan yangi normalar barcha sohalarni taraqqiy ettirishga xizmat qilishi bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
“Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilyapti, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshadi, Konstitutsiyamizning amaldagi 275 ta normasi 434 taga koʻpayadi, yaʼni amaldagi Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilanadi. Fakultet talabalarining 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkaziladigan referendum bo‘yicha fikr mulohazalari to‘g‘risini aytsam, meni juda ham quvontirdi. Eng asosiysi yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasida yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilganligini talabalar, o‘zgacha quvonch bilan gapirib beradilar…”-dedi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Navoiy viloyat “Ayollar qanoti” kengashi rahbari Sh.Shokirova.