All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

O’qishni ko’chirish bo’yicha o’tish ballari tasdiqlandi

  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining tegishli buyrug’i bilan 2022/2023 o’quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o’qishni ko’chirish uchun o’tish ballari tasdiqlandi. Joriy yil tizimida oliy ta’lim muassasalari bo’lgan vazirlik va idoralarning takliflari umumlashtirilib, ta’lim sohalari kesimida o’tish ballari […]

OIV infeksiyasidan saqlaning!

  O’tgan asrning 80-yillarida yangi kasallik sifatida “OITS” nomi bilan qayd etilgan kasallik, bugungi kunga kelib dunyoning barcha mamlakatlarida qayd etildi. Ushbu virus organizmning immun tizimiga mas’ul bo’lgan oq qon tanachalarining halokatiga olib keladi, natijada odam organizmi har xil kasalliklarga, shu jumladan yuqumli kasalliklarga, o’smalarga va odam uchun xavfli bo’lgan kasalliklarga beriluvchan bo’lib qoladi.  Navoiy […]

Shaxmat bo’yicha talabalar o’rtasidagi musobaqa yakunlandi

  Navoiy davlat pedagogika instituti  Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi hamda Jismoniy madaniyat fakulteti hamkorligida «Besh tashabbus» doirasida sportning shaxmat turidan oʻgʻil va qizlar oʻrtasida musobaqa boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqada 11 ta fakultetdan 66 nafar talaba ishtirok etdi. Qizlar birinchi oʻrin: 1-Xudoyqulova Muxlisa (Tabiiy fanlar); 2-Rahmonova Nafosat (Matematika-informatika); 3-Doʻstqulova Gulzoda (Jismoniy madaniyat fakulteti). Oʻgʻil bolalar: […]

Tanlov e’lon qilinadi

Do’stlik bayrog’i» gazetasining yangi, №15-soni bosmadan chiqarildi.NavDPI Matbuot xizmati tomonidan «Yosh avlod taraqqiyot strategiyasi haqida» maqolasi chop etildi. Shuningdek, gazetani ushbu sonida «Navoiy davlat pedagogika institutida saylash muddati tamom bo’lgan va bo’sh turgan lavozimlarga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish» tanlov e’lon qilindi.  

Fakultetlar o’rtasida sportning shaxmat sport musobaqasi

   Institutda fakultetlar o’rtasida shaxmatni keng targ‘ib qilish, sportning ushbu turiga fakultetda barcha talabalarni jalb qilish maqsadida  sportning shaxmat sport musobaqasi tashkil etildi. Shaxmat musobaqasidan ko‘zlangan maqsad  talabalarning sportga qiziqishini oshirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdan iboratdir. Matematika va informatika fakultetida saralash o’yinlari bo’lib o’tdi. Unda o’g’il bolalar o’rtasida E.Toshniyozov, Q Toshmurodov, J.Ramozonov, qiz […]

Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglik muhitini mustaxkamlash

 Jamiyatimizda millatlararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.  Shu munosabat bilan 2022- yilning 13 […]

«Akademik liseyimiz iftixori» stipendiyasi g’oliblari pul mukofoti bilan taqdirlandi

  Joriy yilning  12-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Akademik liseyida «Akademik liseyimiz iftixori» stipendiyasi g’oliblarini taqdirlash marosimi o’tkazildi. Tadbirda lisey ijrochi direktori F.B.Maxammatqulov so’zga chiqib, iqtidorli 10 nafar lisey g’oliblariga sertifikat va har biriga 540 000 so’mdan pul mukofotini topshirdi. Shuningdek, joriy o’quv yilining 1-semestr yakunlariga ko’ra, o’quvchi-yoshlarni barkamol etib tarbiyalashdagi fidokorona xizmati, o’z […]

«Registon stipendiyasi» tanlovi natijalari e’lon qilindi

   Respublika miqyosida o’tkazilgan tanlovda 14 ta hududdan jami 80 mingdan ortiq talabalar ishtirok etdi va 30 nafari g’olib deb e’lon qilindi. Ular (g’oliblar) orasida Navoiy davlat pedagogika instituti, Fizika va texnologik ta’lim fakulteti 3 kurs talabasi Mirzaqandova Sohibjamol ham bor. Ma’lumot uchun, tanlov g’oliblari «Registon stipendiyasi sohibi» maxsus guvohnomasi, esdalik sovg’alari, pul mukofoti bilan […]

12 aprel — Butunjahon aviasiya va kosmonavtika kuni

   Bugun, 12 aprel sanasida butun dunyo Aviasiya va kosmonavtika kunini nishonlaydi. Bu unutilmas sana insonning koinotga birinchi parvozi, ilm-fanning mislsiz g’alabasi bilan bog’liq. Navoiy davlat pedagogika institutida 12 aprel — Butunjahon aviasiya va kosmonavtika kuni munosabati bilan turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri — Fizika va texnologik ta’lim fakultetida «STEM» fizika klubi faoliyati […]

Respublika yosh astronom talabalarning 11-ilmiy-amaliy anjumani

  O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti tomonidan tashkil etilgan “Mizro Ulug’bek ilmiy merosining zamonaviy astronomiya fani va ta’lim ravnaqidagi roli” mavzusida respublika yosh astronom talabalarning 11-ilmiy-amaliy anjumani o’z ishini boshladi. Konferensiyada Fizika va astronomiya kafedrasi dotsenti Sayfullayeva G.I. Astronomiya fanini o’qitishda «STEM» ta’lim tizimining o’rni va ahamiyati nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.