All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Akademik liseyimiz iftixori» stipendiyasi g’oliblari pul mukofoti bilan taqdirlandi

  Joriy yilning  12-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Akademik liseyida «Akademik liseyimiz iftixori» stipendiyasi g’oliblarini taqdirlash marosimi o’tkazildi. Tadbirda lisey ijrochi direktori F.B.Maxammatqulov so’zga chiqib, iqtidorli 10 nafar lisey g’oliblariga sertifikat va har biriga 540 000 so’mdan pul mukofotini topshirdi.

Shuningdek, joriy o’quv yilining 1-semestr yakunlariga ko’ra, o’quvchi-yoshlarni barkamol etib tarbiyalashdagi fidokorona xizmati, o’z lavozim vazifasiga bo’lgan sadoqati hamda o’zlarining va shogirdlarining erishgan muvaffaqiyatlarini inobatga olib, bir guruh ustoz va murabbiylarga institutimiz rektorining esdalik sovg’alari topshirildi.