loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yuksak maʼnaviyatli xalq buyuk ishlarga qodir

 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurib, Navoiy viloyati taʼlim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Dastlab mehmonga oliygoh rektori, professor Muxiddin Kalonov tomonidan institutda amalga oshirilayotgan keng-ko‘lamli loyihalar taqdimot qilindi. Bu borada Otabek Xasanovning takliflari, fikrlari eshitildi.

So‘ngra ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ullar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda Otabek Xasanov tomonidan yoshlar ongida azaliy qadriyatlarimizni singdirish, yoshlarni milliy anʼana va qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yoshlarga taʼlim berishda ulugʻ ajdodlarimizning ibratli amallaridan foydalanish zarurligi taʼkidlandi. Otabek Hasanov o‘zining hayoti va faoliyati bilan o‘rnak koʻrsatayotgan fidoiy pedagoglarning taʼlim-tarbiya berishdagi roli haqida fikr bildirdi.
Bir soʻz bilan aytganda bugungi uchrashuvda yig’ilganlarga taʼlim-tarbiya sohasida yangicha yondashuv, zamonaviy g’oya va tashabbuslar bilan ishlash zarurligi hayotiy misollar bilan tushuntirildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek  Abdurashidovich  Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida muzeyining har bir bo‘limi xalq orasidan, qatag‘on qurbonlari oilasi, avlodlari tomonidan taqdim etilgan va muzeyda arxiv hujjatlaridan olingan tarixiy manbalar bilan boyitilganligini ko‘rib, viloyat yoshlarini mazkur muzeyga sayohatlarini tizimli tashkil etish orqali  Vatanimiz mustaqillikka erishishi, millatimiz g‘ururi, uning qadriyatlarini, boy ma’naviyatini asrab qolish yo‘lida jonini qurbon qilgan millat fidoyilari, ulug‘ ma’rifatparvar ajdodlarimizning hayoti, ijodi, ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishtirish imkonini berishini ta’kidladi. Muzeyda saqlanayotgan eksponatlar, xalqimizning oʻtmishi, achchiq qismati va matonati haqida maʼlumotlar mehmonda iliq taassurot qoldirdi.