loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yoshlarni sog‘lom turmush sari chorlagan yugurish musobaqasi

  Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ va Talabalar sporti assotsiatsiyasi hamkorligida “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu tadbir yoshlarni sog‘lom hayotga qiziqtirish va ularni muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishga undash maqsadida tashkil etilgan edi.

Musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda Navoiy innovatsiyalar universitetining talabalari o‘z jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etishdi. “Talaba — yugur” yoshlarni faollikka chorlovchi maydon bo‘lib, sportga qadam qo‘yayotgan ko‘plab yoshlar uchun yangi ilhom manbai bo‘ldi.