loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda “Tanishtiruv haftaligi” tadbirlari davom etmoqda

Navoiy davlat pedagogika instituti 1-bosqich talabalarining oʻquv jarayoniga moslashishiga koʻmak berish, talabalarni institutda tashkil etilgan loyihalar va tanlovlar, yaratilgan imtiyozlar bilan tanishtirish maqsadida 9-14-sentabr kunlari “Tanishtiruv haftaligi” boʻlib oʻtmoqda.

Barcha fakultetlar mas’ullari va tyutorlar tomonidan talabalarga oliy ta’lim muassasasida mavjud o‘quv hamda ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, tashkil etilgan to‘garaklar, sport majmuasi va Axborot-resurs markazi faoliyati yuzasidan bevosita mazkur muassasalarning o‘zida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

Bundan tashqari, talabalarning Navoiy shahridagi kutubxonalar, teatr va muzeylarga ekskursiyalari tashkil etilib, haftalik davomidagi barcha tadbirlar yoshlarning institut hayotiga muvaffaqiyatli moslashishi va akademik talablar bilan yuzlashishida ruhiy tayyorgarlikni oshirishga samarali yordam bermoqda.